Sport

Javohir Sindorov: “Gukesh hatto yutuqli vaziyatlarda ham xotirjamlikni yo‘qotadi”

Javohir Sindorov: "Gukesh g'oliblikka olib boradigan vaziyatlarda ham xotirjamligini yo'qotadi"

O'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov shaxmat bo'yicha amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan bo'lajak bahs oldidan o'z raqibi va o'yinga tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.

Da'vogarlar turniri g'olibi Gukeshning hozirda juda yaxshi o'ynayotganini ta'kidladi, biroq uning o'yinida o'ziga xos kamchiliklar ham borligini aytdi.

"Menimcha, Gukesh ba'zida ustunlikka erishgan yoki hatto yutuqli vaziyatlarda ham xotirjamligini yo'qotib qo'yadi. Buning sababi nimada ekanini bilmayman, biroq uning partiyalarini kuzatsangiz, u chindan ham kuchli o'yin namoyish etayotganini ko'rasiz. Shunday bo'lsa-da, men uning xatolariga tayanib qolmoqchi emasman. Gukesh o'ta kuchli shaxmatchi ekanini o'zaro o'yinlarimiz orqali yaxshi bilaman. Shu bois munosib tayyorgarlik ko'ryapman va u Jahon chempionati bahslariga eng yuqori formasida yetib keladi, deb hisoblayman", dedi Sindorov.

Ma'lumot uchun, Jahon toji uchun bahslar joriy yilning 25-noyabridan 15-dekabriga qadar Shveysariyaning Jeneva shahrida bo'lib o'tadi. Musobaqaning mukofot jamg'armasi 2,5 million dollarni, tadbirning umumiy byudjeti esa 8,5 million dollarni tashkil etadi. Reglamentga ko'ra, g'olibni aniqlash uchun jami 14 ta partiya o'ynaladi va chempionlik uchun shaxmatchilardan 7,5 ochko jamg'arish talab etiladi. Agar tomonlardan biri bu natijaga belgilangan o'yinlardan ertaroq erishsa, bahs muddatidan oldin yakunlanadi. Asosiy o'yinlar 7:7 hisobidagi durang bilan tugasa, chempion nomi tay-breykda aniqlab olinadi.