Javohir Sindarov Sent-Luisdagi Clutch Chess: Champions Showdown musobaqasida gʻolib chiqdi
Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Sent-Luisda (Missuri shtati) oʻtkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida 20,5 ochko jamgʻarib, dunyoning eng yetakchi shaxmatchilari ishtirok etgan musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Javohir Sindorov Sent-Luisda boʻlib oʻtgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida gʻalaba qozondi.
Sindorov oʻzining eng yaqin taʼqibchisi — 19 ochko jamgʻargan hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Pragnanandhadan 1,5 ochko oʻzib ketdi. Amerikalik grossmeysterlar Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura mos ravishda 16,5 va 12 ochko bilan uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni egallashdi.
Uch kun davom etgan musobaqada toʻrt nafar elita shaxmatchisi ishtirok etdi va Sindorov chempionlik unvonini qoʻlga kiritish uchun butun turnir davomida peshqadamlikni saqlab qoldi.
Turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 425 000 dollarni tashkil etdi. Sindorov birinchi oʻrinni egallagani uchun 125 000 dollar ishlab topdi. Alohida oʻyinlardagi gʻalabalar uchun qoʻshimcha pul bonuslari va chempion uchun djekpot koʻzda tutilgan edi. Ushbu ragʻbatlantirishlarni inobatga olganda, uning umumiy mukofot puli 168 000 dollarni tashkil etdi.
Clutch Chess: Champions Showdown turniri Sindorov uchun amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi boʻlib oʻtadigan boʻlajak oʻyin oldidan oxirgi musobaqa boʻldi.

