Javohir Sindarov AQShdagi turnirda soʻnggi turlar oldidan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi

Javohir Sindarov hal qiluvchi turlar oldidan AQShdagi turnirda ikkinchi oʻrinda bormoqda
Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Amerikaning Sent-Luis shahrida oʻtkazilayotgan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 xalqaro turnirida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Yakuniy kun oldidan u ikkinchi oʻrinni amerikalik Fabiano Karuana bilan boʻlishib turibdi va hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhadan ortda qolmoqda.
Sindarovdan tashqari, musobaqada amerikaliklar Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana, shuningdek, hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandha ishtirok etmoqda.
Olti turdan soʻng Praggnanandha 11 ochko jamgʻarib, jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Sindarov va Karuana hisobida 8,5 ochkodan, Hikaru Nakamurada esa 8 ochko bor.
Ikkinchi oʻyin kuni ishtirokchilar uchun turlicha kechdi. Sindarov Praggnanandhaga ikki marta magʻlub boʻldi, Karuana bilan bir marta durang oʻynadi va yana bir bor unga imkoniyatni boy berdi.
Birinchi kundan soʻng toʻrt ochko bilan peshqadamlik qilgan Nakamura ham ustunlikni boy berdi: u Karuana bilan ikki marta durang oʻynadi, Praggnanandhaga ikki marta yutqazdi va Sindarov bilan ikkita partiyani durang bilan yakunladi.
Turnirning yakuniy partiyalari bugun, 29 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Har bir gʻalaba uchun ishtirokchilarga uch ochkodan beriladi, shuning uchun jadvaldagi joylashuv hali oʻzgarishi mumkin.
Soңgʻi oʻyin kuni Javohir Sindarov birinchi oʻrin uchun kurasha olishi va turnirni sovrindorlar qatorida yakunlay olishini aniqlab beradi.
Turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 425 ming dollarni tashkil etadi. Gʻolib 125 ming dollar, ikkinchi oʻrinni egallagan shaxmatchi — 94 ming, uchinchi oʻrin sohibi — 72 ming, toʻrtinchi oʻrin esa 62 ming dollar oladi.

