Mahalliy

Javlon Jovliyev va «Yosh kitobxon oila» g‘oliblariga Toshkentdan uy beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Javlon Jovliyev va «Yosh kitobxon oila» g‘oliblariga Toshkentdan uy beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Davlat rahbari yig‘ilishda bir qator qashqadaryolik faollarni rag‘batlantirishini bildirdi.

Xususan, «Mutolaa» loyihasi bosh muharriri, yozuvchi Javlon Jovliyev hamda «Yosh kitobxon oila» respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinadi.

Shuningdek, «Sultonteks» klasteri rahbari Nurbek Ergashevga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor», qamashilik limonchi Abdumannop Xudoyberdiyevga esa «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvonlari berilishi ma’lum qilindi.

Prezident mukofotlarni yig‘ilishning o‘zida topshirishni taklif qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.