Texnologiya

JARlik yozuvchi ayol kitoblar va SI yordamida qanday qilib bir million dollar ishlab topgani haqida soʻzlab berdi

JARlik yozuvchi romanlar yaratishda sunʼiy intellektdan foydalanib, 2026 yil boshidan buyon bir million dollardan ortiq daromad olganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, 2025 yilning fevral oyidan beri u 371 ta kitob nashr etgan hamda elektron, bosma va audio formatda bir milliondan ortiq nusxa sotgan.

Koral Xart taxallusi ostida ijod qiluvchi muallif bu haqda AFP agentligiga soʻzlab berdi. U asosan romantik proza janrida yozadi va matnlarni generatsiya qilish uchun bir nechta SI-modellarini qoʻllaydi.

Xartning taʼkidlashicha, kitob yaratishda u syujet, stil, personajlar xarakteri va boblar tuzilishini oʻzi belgilaydi, soʻngra matnni generatsiya qilish uchun ChatGPT, Claude va Grok'dan foydalanadi. Bundan keyin qoralama nusxa SI yordamida bir necha bosqichli tahrirdan oʻtadi, yakunda esa uni korrektor tekshiradi.

Neyrotarmoqlarga oʻtishdan oldin Xart 14 yil davomida nashriyot sohasida ishlagan va bir necha oʻnlab asarlar yozgan. Uning taʼkidlashicha, SI-vositalarini oʻzlashtirish va shaxsiy ish tizimini yoʻlga qoʻyish taxminan uch oy vaqt olgan. Hozirda u boshqa mualliflarga ham oʻz usulini oʻrgatmoqda va SI yordamida kitoblar yaratish uchun Authorythm dasturini ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Shu bilan birga, uning faoliyati professional muhitda bahslarga sabab boʻlmoqda. Xart "SI-slop" — neyrotarmoqlar yordamida yaratilgan past sifatli asarlarni tarqatganlikda tanqid qilinmoqda. U oʻn minglab haqoratli xabarlar va bir nechta oʻldirish bilan tahdidlar olganini aytdi.

Tanqidlarga javoban muallif sotuv hajmiga havola qiladi va agar kitoblar yomon boʻlganida, kitobxonlar ularni qaytarib bergan boʻlardi, deb hisoblaydi.

Oldinroq OpenAI neyrotarmoq tomonidan yozilgan kontentni aniqlashni osonlashtirish uchun ChatGPT yordamida yaratilgan matnlarga koʻrinmas suv belgisini joriy qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.