Dunyo

Japarov Markaziy Osiyoning olti davlati va Ozarbayjon uchun yagona turistik viza joriy etishni taklif qildi

Japarov Markaziy Osiyoning olti davlati va Ozarbayjon uchun yagona turistik viza joriy etishni taklif qildi

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov sayohatlarni osonlashtirish va diqqatga sazovor joylarni yagona turistik marshrutlarga birlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun umumiy turistik viza joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.

U bu haqda Turkmanboshidagi «Avaza» turistik zonasida boʻlib oʻtgan yetakchilarning maslahat uchrashuvida maʼlum qildi. Japarovning soʻzlariga koʻra, mintaqa davlatlarida turizmni birgalikda rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud: qadimiy shaharlar, togʻ landshaftlari, Kaspiy dengizi sohillari va boy madaniy meros.

«Bir nechta davlatga bir sayohat» — Qirgʻiziston rahbari hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mumkin boʻlgan tamoyilni shunday ifodaladi. U tashqi siyosat idoralariga umumiy vizani joriy etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishni topshirishni taklif qildi.

«Avaza»dagi maslahat uchrashuvida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etmoqda.

Sammit doirasida MDH davlatlari milliy taomlari festivali boʻlib oʻtmoqda, unda Oʻzbekiston stendi ham taqdim etilgan boʻlib, ushbu stendni kuni kecha Shavkat Mirziyoyev va Hamdoʻstlik mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari borib koʻrdilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.