Dunyo

Janubiy koreyalik erkak BTS xonandasi Jungkookning akkauntini buzib kirgani uchun 20 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada BTS a'zosi Jungkookning akkauntini buzib kirishga uringan shaxs 20 yilga qamaldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Seul sudi BTS guruhi a'zosi Jungkookning akkauntini buzib, uning aksiyalarini o'g'irlashga uringan erkakka nisbatan hukm chiqardi. Jinoyatchi, Xitoy fuqarosi Chun familiyali shaxs, mashhurlar va tadbirkorlarning akkauntlarini buzish bilan shug'ullangan jinoiy guruhga rahbarlik qilgan.

Guruhning faoliyati natijasida jabrlanuvchilardan jami 27,2 million dollar mablag' o'g'irlangan. Ular 2023-yil avgustidan 2025-yil yanvarigacha, asosan, Tailand kabi xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritgan. Jinoyatchilar qurbonlar haqida shaxsiy ma'lumotlarni to'plab, ularning nomiga mobil telefon raqamlarini rasmiylashtirgan. Shundan so'ng, jabrlanuvchilarning hisoblaridagi mablag' va boshqa mol-mulkni o'zlashtirishga uringan.

Tergov davomida jabrlanganlar orasida Jungkook va yirik konglomeratlardan birining biznes magnati ham borligi aniqlangan. Firibgarlar xonandaning hisobidan 5,9 million dollar qiymatidagi HYBE leybliga tegishli aksiyalarni o'g'irlashga uringan. Biroq, kompaniya shubhali tranzaksiyani bloklab, mablag'larning noqonuniy yechib olinishining oldini olgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.