Dunyo

Janubiy Koreyada tishiga birdaniga 11 ta implant qo‘ydirgan ayol vafot etdi

Janubiy Koreyada bir kunda 11 ta tish implantatsiyasi operatsiyasidan so‘ng 75 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.

Seulda sodir bo‘lgan ushbu fojiali hodisaga og‘riqsizlantiruvchi dori vositasining haddan tashqari ko‘p dozasi sabab bo‘lgan. Klinika hujjatlariga ko‘ra, operatsiya davomida ayolga 1088 milligramm anesteziya yuborilgan. Holbuki, 54 kilogramm vaznli bemor uchun tavsiya etilgan maksimal doza taxminan 378 milligrammni tashkil etadi. Demak, ayolga belgilangan me’yordan qariyb uch barobar ko‘p dori berilgan.

Dastlab, klinika ayolga barcha 11 ta implantni bir vaqtning o‘zida, odatdagidan ancha arzon narxda o‘rnatishni taklif qilgan. Ushbu fojiadan avvalroq Koreya stomatologlar assotsiatsiyasi bemorlarni shubhali darajada arzon narxlar bilan jalb qiladigan klinikalar xavfi haqida ogohlantirgan edi.

Hozirda politsiya yuborilgan dori dozasi haqidagi ma’lumotlar va bemorning ahvoli yomonlashganidan keyin tibbiyot xodimlari qanday choralar ko‘rganini o‘rganmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.