Dunyo

Janubiy Koreyada it va mushuklar qiziqish bilan tomosha qiladigan multserial ommalashdi (video)

Janubiy Koreyada it va mushuklar qiziqib tomosha qiladigan multserial mashhur bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda uyida hayvon boqadiganlar mushuk va itlarining eng yoqtirgan multfilmini topib olganlari haqida yozishmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari hayvonlarning “Tyulenlar” nomli multfilmni sinchiklab tomosha qilayotganini ko‘rsatadigan videolarni keng tarqatmoqda.

“Tyulenlar” — tyulenlar guruhi haqida Janubiy Koreyada dialoglarsiz yaratilgan animatsion serial. Uning har bir qismi taxminan 90 soniya davom etadi.

Hayvon egalari multfilm televizorda qo‘yilganda mushuk va itlar ekrandan ko‘z uzmay qolayotganini payqashgan. Tarmoqlarda multfilm mualliflari hayvonlar ko‘ra oladigan maxsus ranglardan foydalangani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Ammo aslida multfilm bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, animatorlar uy hayvonlariga mos keladigan ranglar palitrasini tasodifan tanlashgan.

Shifokorlar va mutaxassislar izohiga ko‘ra, it va mushuklarning ko‘rish qobiliyati odamlarnikidan farq qiladi. Itlar ko‘k, binafsha, sariq, oq va kulrang tuslarni juda yaxshi ajratadi, biroq qizil rangni ko‘ra olmaydi. Ushbu multfilm aynan hayvonlar yaxshi ko‘radigan ranglarda ishlangan.

Bundan tashqari, multfilmda qahramonlarning kadrdagi joylashuvi ham hayvonlar uchun qulay. Odamlarga nisbatan itlarning ko‘rish burchagi kengroq bo‘ladi. Mazkur multfilmda esa tasvirlar keng qilib olingan. Shuningdek, qahramonlarning tez va faol harakat qilishi ham uy hayvonlarining diqqatini tortadi, chunki ular harakatlanayotgan buyumlarni odamlarga qaraganda tezroq payqaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.