Texnologiya

Janubiy afrikalik ayol sunʼiy intellektda kitoblar yoziş orqali millionerga aylandi

Janubiy afrikalik yozuvçi ayol sunʼiy intellekt yordamida yozilgan kitoblari ortidan 1 million dollardan ortiq sof daromad kördi. U 20 oy içida 370 dan ortiq asar naşr etişga ulgurgan. Kitoblar Amazon va boşqa onlayn marketpleyslarda sotilgan.

Janubiy Afrikada Koral Hart nomi bilan ijod qiladigan yozuvchi ayol sunʼiy intellekt yordamida kitoblar yozib, millionerga aylandi. U atigi 20 oy ichida SI vositalaridan foydalangan holda 371 ta ishqiy roman yaratdi va ularning savdosidan 1 million AQŞ dollaridan ko‘proq, yaʼni taxminan 16,5 million Janubiy Afrika rendi daromad oldi.

Koral Hart o‘z ishida ChatGPT, Claude va Grok kabi mashhur SI chat-botlaridan foydalanadi. Biroq u matnni to‘liq kompyuter ixtiyoriga topshirmaydi. Kitob g‘oyasi, syujet chiziqlari, qahramonlar xarakteri va boblar rejasini yozuvchining o‘zi mustaqil ishlab chiqadi. Sunʼiy intellekt esa berilgan reja asosida matn qoralamasini yozish va tahrirlashda yordam beradi. Tayyor bo‘lgan har bir asar oxirida qayta o‘qib chiqiladi va kamchiliklari tuzatiladi. Kitoblar Amazon va boshqa onlayn marketpleyslarda sotilgan.

Muvaffaqiyatiga qaramay, yozuvchi o‘zining haqiqiy ismini jamoatchilikdan qatʼiy sir saqlamoqda. Sababi — u SI orqali kitob yozishga qarshi bo‘lgan anʼanaviy yozuvchilar va kitobxonlardan minglab g‘azabli xabarlar, hatto o‘lim tahdidlarini olgan.

Hart xonim sunʼiy intellektdan foydalanishni boshlashdan avval nashriyot sohasida 14 yil ishlagan va o‘zi ham mustaqil ravishda o‘nlab kitoblar yozgan tajribali mutaxassisdir. U bir necha oy davomida SI promptlarini to‘g‘ri berishni o‘rganib, matnni tezkor yaratishning shaxsiy metodologiyasini shakllantirgan.

Ushbu holat kitob bozorida anʼanaviy mualliflik huquqi va adabiyot mazmuni borasida katta bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bir guruh ekspertlar buni "adabiyotni qadrsizlantirish va konveyerga aylantirish" deb hisoblasa, boshqalar SIni yozuvchining tezligini oshiruvchi samarali "hamroh" sifatida baholamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.