Iqtisodiyot

Jamshid Qoʻchqorov Jahon banki bilan AgriConnect loyihasi va Water Compact tashabbusini muhokama qildi

Jamshid Qoʻchqorov Jahon banki bilan AgriConnect loyihasi va Water Compact tashabbusini muhokama qildi

Bangkokda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Jahon banki guruhi prezidenti Adjay Banga bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Muzokaralarda Jahon bankining operatsion faoliyat boʻyicha bosh direktori Anna Byerde, Xalqaro moliya korporatsiyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy vitse-prezidenti Imad Faxuri, Oʻzbekiston Markaziy banki raisi oʻrinbosari Nodirbek Ochilov, Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Qarshiboyev va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Tomonlar eʼtiborni Oʻzbekistondagi makroiqtisodiy tendentsiyalar, tarkibiy islohotlarning borishi va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollariga qaratdilar.

Muloqot davomida barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va xususiy investitsiyalarni jalb etishga alohida urgʻu berildi. Ishtirokchilar, shuningdek, infratuzilma, energetika, agrobiznes, sogʻliqni saqlash, turizm sohasi va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hisobiga iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan AgriConnect tashabbusi va suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan Water Compact loyihasini amalga oshirish boʻyicha amaliy qadamlar alohida koʻrib chiqildi. Muzokaralar yakunida yaqin hamkorlikni davom ettirish va qoʻshma tashabbuslarni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.