Dunyo

Jalolobodda balandligi 122 metr boʻlgan koʻprik qurilmoqda

Kech-Olot daryosi ustidan oʻtuvchi koʻprikning umumiy uzunligi 956,67 metrga teng boʻladi.

Jalolobodda balandligi 122 metr boʻlgan koʻprik bunyod etilmoqda

Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston temiryoʻli qurilishi loyihasi doirasida balandligi 122 metr boʻlgan koʻprik qurilmoqda.

Kech-Olot daryosi ustidan oʻtadigan ushbu koʻprikning umumiy uzunligi 956,67 metrni, eng baland tayanchining balandligi 96 metrni, koʻprikning umumiy balandligi esa 122 metrni tashkil etadi.

Hozirda koʻprik poydevorini quyish ishlari toʻliq yakunlangan. Tayanch va ustunlarni qurish ishlari esa 54 foizga bajarilgan.

Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temiryoʻli Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismidagi Shinjon-Uygʻur muxtor viloyatidagi Qashgʻardan boshlanadi va Torugart dovoni orqali Qirgʻizistonga kiradi. Soʻngra gʻarbga qarab yoʻnalib, Oʻzbekiston sharqidagi Andijon shahrida tugaydi. Temiryoʻlning umumiy uzunligi 500 kilometrdan oshadi, shundan 304,84 kilometri Qirgʻiziston hududidan oʻtadi.

Avvalroq Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat orqali yuklarni tranzit qilish hisobiga byudjetga kamida 400–500 mln dollar sof daromad tushishi mumkinligini aytgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.