Sport

Jahongir Ortiqxo‘jayev “Paxtakor”dan nega ketdi?

Jahongir Ortiqxo‘jayevning "Paxtakor" futbol klubi bilan hamkorligi yakunlandi. Toshkentning sobiq hokimi va tadbirkor Ortiqxo‘jayevning klubdan ketishi haqidagi qaror 24-avgust kuni jamoa a’zolariga ma’lum qilingan. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimboyev klub xodimlariga tayanib xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Ortiqxo‘jayevning klubdan ketishi kutilgan bo‘lsa-da, bu jarayonning bunchalik tez sodir bo‘lishini hech kim kutmagan edi.

Hozirda klubning kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. Jamoaning Elit Chempionlar ligasidagi ilk o‘yini 14-sentyabr kuni Saudiya Arabistonida "Al-Ahli"ga qarshi bo‘lib o‘tadi va unga atigi uch haftaga yaqin vaqt qoldi.

Rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsa-da, OAV va mutaxassislar Jahongir Ortiqxo‘jayevning "Paxtakor" bilan hamkorlikni to‘xtatishiga "Surxon"ga qarshi o‘yindagi hakamlik qarorlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Klubning asosiy e’tirozi uchrashuvning 90+3-daqiqasida Hojimat Erkinov tomonidan kiritilgan golning hakamlar tomonidan inobatga olinmagani bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston chempionatining 18-turidan so‘ng "Paxtakor" 39 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi o‘yinini 25-avgust, seshanba kuni Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o‘tkazadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.