Sport

Jahongir O‘rozov Ronaldu haqida: “Undan doim yaxshi hid kelishini sezmadim”

Jahongir O‘rozov Ronaldu haqida: “Undan doim yaxshi hid kelishini sezmadim”

Qozonning “Rubin” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov JCH-2026 saralash bosqichida Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘yin hamda Krishtianu Ronaldu haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

O‘zbekistonlik futbolchi portugaliyalik yulduzni birinchi marta ko‘rganida qanday fikrga borgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

“U o‘z kasbining ustasi, haqiqiy mashina. Lekin undan doim xushbo‘y hid kelib turishini sezmadim”, — dedi O‘rozov.

Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 saralashidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki va bosh murabbiy Fabio Kannavaro haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi:

“Barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lganimizda Kannavaroning aybi yo‘q. Shunchaki, o‘zimizga bo‘lgan ishonch yetishmadi, kuchli hayajon bor edi”, — deya ta’kidladi himoyachi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga 0:5 hisobida yutqazgan, uchrashuvda Ronaldu ikkita gol urgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.