“Işxonaga kerak edi” – pora sifatida monoblok olgan Jomboy tuman ekologiya bölimi boşliği qamaldi
Samarqand viloyati Jomboy tuman ekologiya bölimi boşliği pora sifatida monoblok olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan. U buning evaziga daraxt kesilgani yuzasidan çora körmaslik, tabiatga yetkazilgan zararni kamaytiriş hamda yuk maşinasini jarima maydonidan çiqarib berişni vaʼda qilgan.

“Ishxonaga kerak edi” – pora sifatida monoblok olgan Jomboy tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i qamaldi
Jomboy tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan shaxs jinoiy jazoga tortildi.
Sud hukmiga ko‘ra, 39 yoshli J.R. tumanning Zarafshon mahallasida 100 tupga yaqin terak kesilgani holati bo‘yicha chora ko‘rmaslik, tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirish hamda transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga narxi 11 mln so‘m bo‘lgan kompyuter jamlanmasini (monoblok) talab qilgan.
U 26-iyun kuni o‘z xizmat xonasida monoblokni pora tariqasida olgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.
J.R. sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda kompyuter jamlanmasini ishxonasiga kerak bo‘lgani uchun so‘raganini aytgan.
“2026-yil 24-iyun kuni yashash xonadonimdan kelayotganimda Jomboy tumanidagi Gallakapa ko‘chasida bir necha notanish shaxslar ko‘chadagi teraklarni kesayotganini ko‘rdim. Ular oldiga borib, yuk mashinasi egasidan hujjatlarini oldim. Yuk mashinasini jarima maydonchasiga qo‘yib, daraxt kesgani bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirdim.
25-iyun kuni oldimga Jomboy tumanida yashovchi shaxs kelib, daraxt kesganlar uning tanishi ekanini, yuk mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishimni so‘rab, 300 dollar taklif qildi. Unga pul kerak emasligini, ishxonamga kerak bo‘lgani sababli kompyuter olib berishini, shundan so‘ng yuk mashinasini jarima maydonchasidan chiqarishga yordam qilishimni aytdim. Lekin jarimani kamaytirib beraman demadim”, degan sudlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida.
JIB Jomboy tuman sudi hukmi bilan J.R. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

