Mahalliy

“Izza” bozorida do‘konlar yonib ketdi (video)

“Izza” bozorida do‘konlar alangaga uchradi (video)

Toshkent viloyatining “Izza” bozorida 6-avgust kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu hodisani aks ettiruvchi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Zangiota tumani Tokzor mahallasi hududida joylashgan do‘konlardan birida yong‘in chiqqani haqida xabar FVB navbatchilik qismiga soat 12:29 da kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga tezkorlik bilan qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, alanga qisqa vaqt ichida bir nechta do‘konlarni qamrab olgan, qalin qora tutun esa shaharning turli nuqtalaridan ham ko‘zga tashlangan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, yong‘in soat 13:48 da o‘rab olinib, soat 14:09 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar qayd etilmadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, do‘konlarning 400 kvadrat metr qismi yonib ketgan. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani va nechta do‘kon zarar ko‘rgani hozircha aniqlashtirilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.