Dunyo

Italiyada konslagerdan omon qolgan eng keksa erkak vafot etdi

Italiyada konslagerdan omon qolgan eng keksa erkak hayotdan koʻz yumdi

Italiyadagi eng keksa erkak Vitantonio Lovallo 112 yoshida vafot etdi.

Lovallo Bazilikata mintaqasidagi Avilyano kommunasiga qarashli kichik Sarnelli qishlogʻida yashardi. 25-mart kuni u 112 yoshga toʻlgandi. Oʻsha paytda kommuna maʼmuriyati unga koʻp yillik mehnati va qishloq jamoasi oldidagi xizmatlari uchun minnatdorlik belgisi sifatida esdalik lavha topshirgan edi.

Vitantonio Lovallo 1914-yilda tugʻilgan. Yoshligida u choʻponlik qilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy xizmatga chaqirilgan va 1943-yilda Gretsiyada asirga olingan. Keyin u Germaniyadagi konslagerlardan biriga yuborilib, 1945-yil 8-maygacha u yerda saqlangan.

Urush tugagach, Lovallo Bazilikataga qaytgan.

Lovalloning dafn marosimi 17-sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Uni ikki qizi va bir oʻgʻli soʻnggi yoʻlga kuzatdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.