Sport

Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi ma’lum bo‘ldi — Romano

**Italiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi – Romano xabariga ko‘ra**

Mashhur italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Italiya milliy terma jamoasini boshqarish taklifini qabul qildi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining X (ilgari Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilgan Andrea Pirlo Rossiya bukmekerlik kompaniyalari bilan aloqalari tufayli bu lavozimga tayinlanmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, e’tibor yana sobiq murabbiyga qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida, Roberto Manchini o‘zining uzoq yillik murabbiylik faoliyati davomida bir qator nufuzli klublar va terma jamoalarda ishlagan. Xususan, mutaxassis turli yillarda Italiyaning “Latsio”, “Fiorentina”, “Inter” (ikki marta) klublarida, shuningdek, xorijning “Manchester Siti” (Angliya), “Galatasaroy” (Turkiya), “Zenit” (Rossiya) va “As-Sadd” (Qatar) kabi jamoalarida faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, u Italiyaning U-20 va U-21 yoshlar terma jamoalariga hamda Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.