Iqtisodiyot

Italiya kompaniyasi yana ming nafar özbekistonlikni işga olmoqçi

Özbekistondan 40 nafar qişloq xöjaligi mutaxassisi Italiyaning SALVI kompaniyasida mavsumiy iş boşladi. Kompaniya kelgusida yana ming nafar özbekistonlik işçini yollaşni rejalaştirmoqda. Hozirda işlayotgan hamyurtlarni yotoqxona va transport bilan iş beruvçi taʼminlamoqda.

Italiya kompaniyasi yana ming nafar o‘zbekistonlikni ishga olmoqchi

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik mutaxassislar Italiyada ilk bor mavsumiy mehnat faoliyatini boshlagan. Loyiha ishtirokchilari ikki oy davomida italyan tilini o‘rganib, tegishli treninglardan o‘tgan. Ular SALVI kompaniyasida meva-sabzavotlarni qayta ishlash ishlariga jalb qilingan.

29-oktabr kuni Italiyaning Emiliya-Romanya hududida loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilgan. Unda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev ishtirok etgan.

Tashrif davomida o‘zbekistonliklarning yashash va ish sharoitlari ko‘zdan kechirilib, ularning fikr-mulohazalari o‘rganilgan. Ishchilar maosh yuqori ekanini, yotoqxona va transport vositalarini ish beruvchi taqdim etayotganini bildirgan.

Kompaniya rahbariyati bilan uchrashuvda o‘zbekistonliklarning mehnatsevarligi va tez o‘rganuvchanligi qayd etilgan. Xorijiy tomon kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasiga yana ming nafar ishchini qo‘shimcha yollash rejasini ma’lum qilgan.

Mazkur dastur o‘zbekistonliklarning bandligini ta’minlash bilan birga, Italiyaning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi tajribasini o‘rganish hamda O‘zbekistonda joriy etishga qaratilgan.

Loyiha doirasida Italiyaga ishlash uchun boradigan fuqarolar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlarini ochish ko‘zda tutilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.