Isteʼfodagi AQSh generallari Pentagonni «shafqatsiz» qatl translyatsiyasini bekor qilishga chaqirmoqda
Nidal Hasanning qatl etilishini onlayn translyatsiya qilish «uni qoʻllayotgan harbiylar shaʼniga va bunga yoʻl qoʻyayotgan millatga dogʻ tushiradi», deyiladi 72 nafar sobiq zobitning maktubida.

AQShning isteʼfodagi generallari Pentagonni qatlni «shafqatsizlarcha» janli efirda uzatishdan voz kechishga chaqirmoqda
Nidal Hasan 2010 yilda
72 nafar isteʼfodagi amerikalik generallar, admirallar va boshqa yuqori martabali harbiy zobitlardan iborat garuh AQSh hukumatini otish orqali ijro etiladigan qatlni janli efirda koʻrsatish rejalaridan voz kechishga chaqirmoqda.
«Biz Prezidentdan, Kongressdagi vakillarimizdan va hamshaharlarimizdan vakolat suiisteʼmol qilinishining bunday shafqatsiz shakli oldini olish uchun harakat qilishni soʻraymiz», — deb yozishgan ular maktubda va translyatsiya ommaviy qotilni «shahid»ga aylantirishini qoʻshimcha qilishgan.
Oʻtgan haftada Pentagon Fort-Hud harbiy bazasida 13 nafar qurolsiz amerikalik askarni otib oʻldirgan armiya psixiatri Nidal Hasanning 3 dekabrga belgilangan qatlini oshkora translyatsiya qilishini bildirgan edi.
Bu taklif har ikkala partiya qonunchilari, shuningdek, diniy yetakchilar tomonidan tanqidga uchradi.
Prezident Donald Tramp oʻtgan hafta janli translyatsiya rejasini «mutlaqo» maʼqullaganini aytgan boʻlsa-da, maʼmuriyatning baʼzi mulozimlari hozirda bunga qarshi chiqmoqda, deb xabar berdi BBC’ning ASHQdagi media-hamkori CBS News. CBS, shuningdek, seshanba holatiga koʻra Tramp janli efir boʻyicha hali yakuniy qarorga kelmaganini maʼlum qildi.
Chorshanba kuni eʼlon qilingan ochiq xatda sobiq harbiy yetakchilar — jumladan 45 general, 12 admiral va bir nechta sobiq bosh harbiy yuristlar (jadg-advokatlar) — oʻlim jazosining ijro etilishiga qarshi emasliklarini bildirishgan.
Biroq, ularning taʼkidlashicha, ommaviy qatl AQSh Konstitutsiyasining shafqatsiz va gʻayrioddiy jazolardan himoya qilish haqidagi qoidalarini buzadi va «vazmin va jiddiy jazo» boʻlishi kerak boʻlgan narsani «shahvatparastlar va tomoshabinlarning zavqlanishi uchun karnaval»ga aylantiradi.
«Inson shaʼnini kamsitadigan bunday foydakoʻrish translyatsiyasi undan foydalanayotgan harbiylar va bunga yoʻl qoʻygan millat sharafiga putur yetkazadi», — deb yozadi ular.
«Undan millatimiz dushmanlari nafratni avj oldirish, kelajakda amerikalik askarlar va fuqarolarga zarar yetkazish uchun foydalanadi va bu Hasanning oʻz safdoshlariga hujum qilgani va oʻldirgani uchun shahidga aylanishini taʼminlaydi».
Imzo chekkanlar tsehning barcha sohalaridan boʻlib, ular orasida Trampning birinchi muddatida isteʼfoga chiqqan bir nechta zobitlar ham bor. Baʼzilari Iroq va Afgʻonistondagi urushlarda ham xizmat qilishgan.
Hasan sudda Amerika bazasiga qilingan eng halokatli noharbiy hujum boʻlmish Fort-Huddagi otishmani, Afgʻonistondagi musulmonlar va Tolibonni AQSh harbiylaridan himoya qilyapman deb ishongani uchun amalga oshirganini aytgan. Hasan hujum paytida yaralangan va hozirda nogironlar arvachasidan foydalanadi.
Maktubni imzolaganlar orasida Iroqdagi Abu-Gʻreyb qamoqxonasida mahbuslarga nisbatan yomon munosabatda boʻlingani boʻyicha armiya surishtiruviga rahbarlik qilgan isteʼfodagi general-mayor Toni Taguba va Guantanamo koʻrfazidagi hibsxona prokurori boʻlgan, vaterbording (suv bilan qiynoqqa solish)ni qiynoq deb taʼriflagan isteʼfodagi Harbiy-havo kuchlari polkovnigi Moye Devis bor.
Shuningdek, hujjatga AQSh Dengiz piyodalari korpusi general-mayori, keyinchalik NASA rahbari boʻlgan Charlz Bolden va armiyada uch yulduzli general boʻlgan birinchi ayol, isteʼfodagi general-leytenant Klaudiya Kennedi ham imzo chekkan.
Tramp qatlni maʼqullaganini aytdi, ammo u janli translyatsiya rejasini qoʻllab-quvvatlasa-da, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Bu AQShda deyarli bir asr ichidagi birinchi ommaviy qatl boʻlishi mumkin.
Mudofaa vaziri Pit Hegset tomonidan oʻtgan hafta eʼlon qilingan bu reja siyosatchilar, akademiklar va ekspertlar tomonidan keskin tanqid qilindi.

