Layfstayl

“Istanbullik kelin”, “Qo‘rg‘on sirlari” va boshqa mashhur seriallar suratga olingan Turkiyadagi sayohatbop joylar (foto)

“Istanbullik kelin”, “Qo‘rg‘on sirlari” va boshqa mashhur seriallar suratga olingan Turkiyadagi sayohatbop joylar (foto)

Turk seriallari tomoshabinlar e’tiborini tortishda davom etmoqda. Seriallar suratga olingan manzillar orqali dramatik va romantik voqealarga yanada chuqurroq sho‘ng‘ish mumkin — Istanbuldagi kino lokatsiyalariga sayohat qilamiz.

**Korxanlar uyi**

Bugun Istanbuldagi eng mashhur saroy Bosfor bo‘yidagi Korxanlar oilasiga tegishli uy hisoblanadi. Aslida bu maskan yirik biznes imperiyasi merosxo‘ri Dilek Sabanjiga tegishli. Mish-mishlarga ko‘ra, “Qo‘rg‘on sirlari” serialini suratga olgan OGM Pictures kompaniyasi uy egasiga har oy 600 ming lira (22 ming dollardan ortiq) ijara to‘lagan. Turkiyaning eng badavlat ayollaridan biri sanalgan Dilek Sabanji bu mablag‘larning barchasini xayriya jamg‘armasiga o‘tkazgan. Suratga olish tanaffuslarida Korxanlar uyiga shaxsiy sayohatlar ham tashkil etiladi.

**Gullar do‘koni**

Uskudar tumanining sharqida joylashgan mashhur diqqatga sazovor joy — Beylerbeyi saroyi bo‘lib, sayyohlar bu yerga doim tashrif buyurishadi. Yarim soatlik piyoda yo‘l bosilsa, Eda xolaga tegishli Istanbuldagi eng mashhur gul do‘koni yoniga chiqiladi. Aslida bu yerda gullardan tashqari o‘simliklar uchun o‘g‘it va tuproq ham sotiladi.

**Art Life ofisi**

“Qalbim eshigini qoq” filmidagi Serkan Bolatga tegishli Art Life ofisi Akrotes arxitektura byurosi binosida suratga olingan. Kompaniya savdo pavilyonlari, ko‘rgazma maydonlari va interyerlarni loyihalashga ixtisoslashgan. Ushbu urbanizm durdonasi Sariyer tumanidagi Maslak yangi turar joy massivining markazida joylashgan.

**Prezident nomidagi qirg‘oq**

Bosforning Yevropa qirg‘og‘ida joylashgan Sariyer tumanidagi bu maskan Eda va Serkan nihoyat kishandan qutulishga muvaffaq bo‘lgan ayni qirg‘oqdir. Film qahramonlari Haydar Aliyev haykalidan ikki qadam naridagi skameykada o‘tirishgan. Sahna Turkiyada juda hurmat qilinadigan Ozarbayjonning uchinchi prezidenti nomidagi bog‘da suratga olingan.

**Sureyya va Farukning ilk uchrashgan joyi**

Kadiko‘y — aylanma ko‘chalar, kichik do‘konlar va bir-biriga tutash bozorlar hududi. Qimmatbaho chig‘anoq sotiladigan sayr hududi Marmara dengizi bo‘ylab Sultonahmetning go‘zal manzaralarini taqdim etadi. “Karibu” qahvaxonasida bir piyola xushbo‘y ichimlik ichish uchun qirg‘oqdan burilishning o‘zi kifoya. “Istanbullik kelin” serialidagi mahalliy qo‘shiqchi Sureyya va biznes imperiyasi vorisi Faruk aynan shu yerda uchrashgan.

**Karasular uyi**

Bakirko‘y hududi tarixga boy — u bir vaqtlar harbiy-siyosiy markaz, saroy va cherkovlar joylashgan imperatorning yozgi kurorti bo‘lgan. Bakirko‘y butunlay yonib ketgach, o‘g‘ri va bosqinchilar bu joyni o‘zlariga makon qilishadi. O‘tgan asrda xarobalardan iborat bo‘lgan bu hudud “Farzand” filmidan keyin Karasular oilasining hashamatli saroyiga aylandi. Boshqa seriallardagi boylar uylaridan farqli ravishda, bu uy baland beton panjara bilan o‘ralmagan — muxlislar temir panjara ortidan hashamatli uyni bemalol ko‘rishlari mumkin.

**Sulton Ahmed**

Sulton Ahmed Istanbulning tarixiy markazining yuragi hisoblanadi. Usmonlilar kelishidan oldin Konstantinopolning pravoslav sobori bo‘lgan Ayasofya masjidi ulug‘vor Moviy masjidga qaraydi. Ayasofya 532-yildan 537-yilgacha qurilgan, Moviy masjid esa bundan ming yil keyin qad rostlagan. Ulug‘vor me’moriy yodgorliklar orasidagi maydon doimo sayyohlar bilan gavjum. Aynan shu yerda “Farzand” filmidagi yosh ona Shule asrab olgan o‘g‘li Efeni “yo‘qotish”ga qaror qiladi.

**Bosfor yaqinidagi restoran**

Ruby restoranining ochiq maydoni nonushta uchun eng yaxshi joylardan biri. “Qizil sharbat”ning birinchi qismida aynan shu yerda Doa Fotihga qattiqqo‘l onasidan shikoyat qilgan. Shu voqeadan keyin talaba o‘zini yomon his qiladi, ammo bu mahalliy oshxona sifatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu yerda zavqlanish uchun ko‘p narsa bor: ko‘rfaz, Bosfor ko‘prigi va 19-asr o‘rtalarida qurilgan barokko uslubidagi me’moriy yodgorlik — O‘rtako‘y masjidi har qanday sayyohni maftun etadi.

**“Millenium” litseyi**

Qiviljim Arslon boshqaradigan “Millenium” litseyining yorqin fasadi uning o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblanadi. “Qizil sharbat” seriali qahramoni aynan shu yerda O‘mer Unal bilan tanishadi va uning tez orada o‘ziga qarindosh bo‘lib qolishini xayoliga ham keltirmaydi. Yuqori sinf o‘quvchilari va ota-onalar bahslari qaynaydigan maydon sifatida Dog‘a xususiy ta’lim muassasalari yetakchi tarmog‘ining kampuslaridan biri xizmat qiladi. Bu ko‘zga tashlanadigan bino Istanbulning Osiyo qismidagi Atashehir turar joy dahasida joylashgan.

**Kuba atmosferasi**

Istanbuldagi eng zo‘r moxitoni ichish va jonli musiqa ostida raqsga tushish uchun Sariyer tumaniga borish kerak. Kubaning Cuba 42 Maslak restorani 2022-yilda ochilgan bo‘lib, “Qo‘rg‘on sirlari” va “Qizil sharbat” seriallari uchun suratga olish maydonchasi bo‘lgan. U zamonaviy Maslak 42 turar joy majmuasida joylashgan, Kozimning xonadoni ham shu yerda. Ushbu maskanda Doa dugonalari bilan bazm uyushtirgan, Korxonlar oilasi esa Suna bilan uchrashgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.