Mahalliy

Istanbulda adashib masjidga kelib qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga topshirildi

Istanbulda yo‘qolib qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga qaytarildi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi 13 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.J.ni onasiga topshirdi.

Ma’lum qilinishicha, 30-avgust kuni soat 22:30 da Beyo‘g‘lu tumanidagi masjidlardan birining imomi Bosh konsulxonaga qo‘ng‘iroq qilib, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi haqida xabar bergan.

Konsulxona diplomatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bolani Bosh konsulxonaga olib kelishgan va uning yaqin qarindoshlarini topish hamda ular bilan bog‘lanish choralarini ko‘rishgan.

1-sentyabr kuni S.J. onasiga sog‘-salomat topshirildi. Bosh konsulxona ushbu masalada yordam ko‘rsatgan Turkiyaning tegishli idoralari va fuqarolariga minnatdorlik bildirdi.

Iyul oyida Turkiyaning Mug‘la shahrida daryoga cho‘kib ketgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. 21 yoshli o‘zbekistonlik yigit Seydikemer tumanidagi daryoga cho‘milish uchun borgan.

Voqea joyida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng jasad autopsiya uchun morgga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.