Issiq choy va ingalyatsiya — tumovni tezroq tuzatishga yordam beradigan tavsiyalar

Issiq choy va ingalyatsiya — tumovni tezroq yengishga yordam beradigan tavsiyalar
Shamollashning sabablari juda ko‘p bo‘lishi mumkin: O‘RVI va boshqa infeksiyalar, mavsumiy allergiya, gormonal o‘zgarishlar yoki havo haroratining keskin almashishi. Biroq buning ahamiyati yo‘q — nima sababdan bo‘lishidan qat’i nazar, muammodan qutulishning oddiy yo‘llari bor. Ulardan ayrimlari faqat vaqtincha yordam beradi, boshqalari esa tumovni tez va barqaror tarzda davolashga ko‘maklashadi, deb yozadi Lifehacker.
**Issiq choy iching**
Eng muhimi, u kuydirmasligi kerak. Issiqlik va bug‘ burun bo‘shlig‘idagi qon aylanishini kuchaytiradi. Natijada burun oqishi kamayadi, nafas olish yengillashadi.
**Iloji boricha ko‘proq suyuqlik iching**
Yuqoridagi fikrni inobatga olsak, suyuqlik iliq bo‘lsa, ta’sir yanada kuchayadi. Ammo xona haroratidagi suv ham foydali. Chunki organizmda suv yetishmasa, burun ham bitadi. Burun bo‘shlig‘idagi shilimshiq suyuqlik quriydi, quyuqlashadi va bu burun tiqilishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunday holatda virus va bakteriyalar o‘zini erkin his qiladi, ya’ni kasallik cho‘zilishi yoki shamollashdan qutulish qiyinlashishi mumkin.
**Ingalyatsiya qiling**
Ingalyatsiya shamollash belgilarini, jumladan umumiy tumovni sezilarli darajada kamaytiradi va kasallik davomiyligini qisqartiradi.
Idishda toza suv isitiladi. Uni qaynatish shart emas, suyuqlik ustida bug‘ paydo bo‘lishi kifoya.
Suv solingan idishni stolga yoki boshqa qulay gorizontal yuzaga qo‘yib, yuzni 20-30 daqiqa ushlab turish kerak.
Burun orqali chuqur nafas olinadi. Balg‘amdan xalos bo‘lish uchun kuch bilan nafas chiqarishga harakat qilish lozim.
Nafas olish uchun suvga bir necha tomchi efir moyi qo‘shish mumkin.
**Issiq dush qabul qiling**
Ingalyatsiya yoki issiq choy kabi, dush ham tumovni samarali ravishda to‘xtatadi va burun bitishini bartaraf etadi.
**Burun uchun iliq kompress qiling**
**Burunni sho‘r suv bilan yuving**
Dorixonadan tayyor tuz aerozolini sotib olish yoki uni uyda tayyorlash mumkin. Retsept oddiy: bir stakan (240 ml) iliq suvga ½ choy qoshiq tuz va bir chimdim iste’mol sodasi qo‘shiladi. Noxush alomatlar to‘liq yo‘qolgunga qadar burun ushbu eritma bilan kuniga 3-4 marta yuviladi.
**Burun spreyi yoki tomchilaridan foydalaning**
Natijada burun oqmaydi va undan erkin nafas olish mumkin bo‘ladi. Ushbu sehrli ta’sir, odatda, bir necha soat davom etadi, keyin jarayonni takrorlash kerak. Shuni yodda tutish kerak: bunday vositalarni 3 kundan ortiq ishlatmaslik kerak.
**Shifokorga murojaat qiling**
Burun oqishi alohida kasallik emas, balki faqat alomatdir. Undan butunlay xalos bo‘lish uchun uni keltirib chiqargan kasallikni yengish kerak. Bu eng samarali tarzda professional shifokor terapevt yoki Lor mutaxassis nazoratida amalga oshiriladi.

