Dunyo

Isroilda saylov: arablar tarixiy natija qayd etmoqda

Isroilda ötgan parlament saylovlari yakuniy natijasi hamon aniq emas. Rasmiy natijalar eʼlon qiliş uçun oxirgi dedlayn – 4-noyabr. 97 foiz ovozlar hisoblangan bir vaqtda Netanyahu bloki oladigan örinlar bittaga kamaydi, muxolifatda ham şunday vaziyat, biroq arablar hammani ajablantirib, 19 ta öringa ega bölyapti.

**Isroilda saylov: arablar tarixiy natija qayd etmoqda**

**Arablar nega buncha faol?**

Ko‘pchilik Isroil haqida gapirganda, bu davlat aholisining kamida 21 foizi arablar ekanini unutib qo‘yadi. Arablarning Isroilda bir nechta partiyasi ham bor. Bu yilgi saylovlarda ana shu Isroil arablari hammani hayron qoldirdi. Ular yashaydigan shaharlarda davomat favqulodda yuqori bo‘ldi. Odamlar ertalabdan uchastkaga borib, o‘z partiyasiga ovoz berdi. Netanyahu saylov kuni arablar faolligidan g‘azablanib, o‘z tarafdorlarini «tez uydan chiqib ovoz berishga» chaqirdi.

Isroilda arablarni hukumatga qo‘yishmaydi. Lekin bu davlatda demokratik institutlar ishlagani uchun arablar huquqini cheklash ham imkonsiz. Albatta, Netanyahu, Smotrich va ularning radikal tarafdorlariga qolsa, arablarni haydab chiqarishgan bo‘lardi, biroq davlat faqat ulardan iborat emas.

Isroil asos solinganidan buyon Falastin yerlarini egallab keladi. Bosib olingan yerlardagi odamlarning hammasi ham chiqib ketmaydi-ku, ana shu qolganlar Isroil fuqarosi sifatida yashashni davom ettirgan. Hozir Isroilda 2,2 millionga yaqin arab yashaydi. Va bu arablar Falastindagi arablardan hech qanday farq qilmaydi, bir xil odamlar, druzlarni inobatga olmasa, albatta.

Ana shu arablar Netanyahu hukumati Falastinni nima ahvolga solganini ko‘rdi. Saylov ular uchun Netanyahuga qarshi ekanini ko‘rsatish uchun qonuniy imkon edi. Arablar har qachongidan faol bo‘lib, o‘z partiyalarini qo‘lladi. Natijada Netanyahu jazavaga tushib, postlar e’lon qildi. Hozirgi hisob-kitobga ko‘ra, arablar parlamentda 19 deputatlik o‘rniga ega bo‘lmoqda. Hukmron blok ham, muxolifat ham kerakli 61 ovoz ololmagan, endi arablar qo‘lida yaxshigina siyosiy kuch bor.

**Ikki konvertli ovozlar**

Kecha saylov natijalarini tez hisoblashgandi, lekin ozgina ovoz natijalari chiqmayapti. Ajablanmasa ham bo‘ladi, bu ikki konvertli ovozlar, ularni hisoblash vaqt oladi. Ya’ni harbiylar, diplomatlar, kasalxonadagilar, mahbuslar, ro‘yxatdagi uchastkadan boshqa joyda ovoz berishga ruxsat berilgan fuqarolar. Chalkashtirib yubormang, gap chet eldagi isroilliklar ovozi haqida ketmayapti. Chet elda bo‘lgan Isroil fuqarolari saylovda ovoz berolmaydi, tartib shunaqa.

Demak, ikki konvertli ovozlar hisoblash jarayoni davom etmoqda. Bu turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 400 mingdan ko‘proq odam degani. Nega ikki konvertli? Chinidan qutiga tashlangan byulleten ikki konvertli bo‘ladi. Birinchi konvertda ovoz bergan odam ismi va manzili yozilgan bo‘ladi. Birinchi konvert ochilgach, bu odam o‘zining asosiy uchastkasida ovoz bergan-bermaganini tekshiriladi. Keyin ikkinchi konvertdagi ovozni qayd etishadi. Ana shu jarayon ko‘proq vaqt oladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.