Dunyo

Ispaniyada temiryöldagi avariya – suratlar

Kamida 50 kişi halok bölgan. Bu 2013-yildan buyon Ispaniya temiryöllarida röy bergan eng yirik avariya böldi.

Ispaniyada temiryo‘ldagi avariya – suratlar

Ispaniyaning Toledo provinsiyasida ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi. Hodisa oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan va 179 kishi jarohatlangan. Madrid va Andalusiya o‘rtasida poyezdlar harakati to‘xtatilgan, vokzallarda reyslar bekor qilinmoqda.

Joriy yil yanvar oyida ham Ispaniya janubidagi Kordova provinsiyasida yirik temiryo‘l avariyasi ro‘y bergandi. O‘shanda ham ikkita tezyurar yo‘lovchi poyezdlar – Iryo kompaniyasining Malagadan Madridga harakatlangan sostavi hamda Renfe kompaniyasining Madriddan Uelvaga yo‘l olgan Alvia poyezdi to‘qnashgandi. O‘shanda 46 kishi halok bo‘lgandi.

Kordovadagi poyezdlar to‘qnashuvi Ispaniyada 2013-yildan buyon temiryo‘llarda ro‘y bergan eng yirik avariya bo‘lgandi. 13 yil oldin Galisiyadagi Santiyago-de-Kompostela stansiyasida Alvia poyezdi relsdan chiqib ketgandi. Hodisa oqibatida 80 kishi halok bo‘lib, yana 145 kishi jarohatlangandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.