Ispaniyada poyezdlar töqnaşişi oqibatida önlab kişilar halok böldi
Yölda töxtab qolgan poyezdga ortdan boşqa bir tezyurar poyezd kelib urilgan.

Ispaniyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
Ispaniyaning markazidagi Toledo provinsiyasida ikki tezyurar poyezd to‘qnashishi natijasida kamida 46 kishi halok bo‘ldi.
Avariya mahalliy vaqt bilan 28-oktabr kuni ertalab soat 9 lar atrofida yuz bergan. Renfe kompaniyasining (davlat temiryo‘l operatori) Madrid – Sevilya yo‘nalishida harakatlangan AVE tezyurar poyezdi Iryo kompaniyasining (xususiy temiryo‘l operatori) Urda shahri yaqinidagi uchastkada to‘xtab turgan poyezdiga orqadan kelib urilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda bir necha vagon yo‘ldan chiqib ketgani va yong‘in yuz berganini ko‘rish mumkin.
Avariya sabab Madrid-Andalusiya tezyurar liniyasida poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Bir necha poyezdlarning yo‘lga chiqishi kechiktirilgan.
El Pais va ABC manbalariga ko‘ra, avariya inson xatosi tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, temiryo‘l signalizatsiyasi tizimidagi nosozlikni bartaraf etish bilan shug‘ullangan davlat kompaniyasi xodimi AVE poyezdini oldinda Iryo poyezdi to‘xtab turgani haqida ogohlantirmagan.

