Dunyo

Ispaniyada oshqozonida kokain olib kirishga uringan erkak ushlandi

Ispaniyada oshqozonida kokain olib kirishga uringan erkak ushlandi

Ispaniyaning Palma-de-Malyorka aeroportida oshqozonida 1,3 kilodan ortiq kokain olib o‘tishga uringan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ispaniya Milliy politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 46 yoshli yo‘lovchi Belgiyaning Sharlerua shahridan uchib kelgan. Belgiya huquq-tartibot idoralari ispaniyalik hamkasblarini erkak narkotik kontrabandasiga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Samolyot qo‘ngach, u bojxona, Fuqarolik gvardiyasi va politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Erkak rentgen tekshiruviga yuborilgan. Tekshiruv natijasida uning ovqat hazm qilish tizimida ko‘plab shubhali kapsulalar borligi aniqlangan.

Shifoxonada uning organizmidan 109 ta oq kapsula chiqarib olindi. Ekspertiza kapsulalar ichida umumiy og‘irligi 1,353 kilogramm bo‘lgan kokain borligini tasdiqladi. Huquq-tartibot idoralari bunday usulda giyohvand moddalarni olib yurish o‘ta xavfli ekanini ta’kidladi. Hatto bitta kapsulaning shikastlanishi ham organizmning og‘ir zaharlanishiga olib kelishi mumkin.

Uni giyohvand moddalar kontrabandasi bo‘yicha tergov davomida hibsda saqlashga qaror qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, aprel va sentyabr oylarida pochta orqali Afrika (782 gr) hamda Germaniyadan (4 kilo) Toshkentga kokain yuborilgani aniqlangandi. Shuningdek, Tailanddan Toshkentga 11 kilo narkotik tranzit qilinishi oldi olingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.