Ispaniya milliy jamoasi tarixiy rekord o‘rnatdi

Ispaniya milliy jamoasi tarixiy rekord o‘rnatdi
Ispaniya milliy jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati yarimfinalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Opta Sports statistik portali ma'lumotlariga ko‘ra, Ispaniya yirik xalqaro turnirlar (Jahon va Yevropa chempionatlari) pley-off bosqichida ketma-ket sakkizta o‘yinda g‘alaba qozongan tarixdagi birinchi Yevropa terma jamoasiga aylandi.
Luis de la Fuente shogirdlarining ushbu noyob seriyasi Yevro-2024 turniridan boshlangan. O‘sha musobaqaning pley-off bosqichida ispanlar ketma-ket Gruziya (4:1), Germaniya (2:1), Fransiya (2:1) va Angliya (2:1) terma jamoalaridan ustun kelgan edi.
Hozirda davom etayotgan JCH-2026 musobaqasida esa Ispaniya pley-off bahslarida mos ravishda Avstriya (3:0), Portugaliya (1:0), Belgiya (2:1) va kechagi yarim finalda Fransiya (2:0) terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, JCH-2026 ning hal qiluvchi final bahsida Ispaniya Angliya yoki Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 19-iyuldan 20-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

