Sport

Islom Maxachev navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Islom Maxachevning keyingi jangi qachon va kimga qarshi bo‘lishi aniqlandi.

Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev Yan Machado Gerri bilan besh raundlik jangdan so‘ng tez orada oktagonga qaytish niyatida. Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan UFC 330 turniridan keyingi matbuot anjumanida rossiyalik jangchi o‘z rejalarini ma’lum qildi.

"Ramazongacha yana bir marta jang qilishimiz kerak. Yanvarda yoki yil oxirigacha oktagonga chiqishim lozim. Endi yigirma yoshli yigitcha emasman, yoshim 34 da va iloji boricha tez-tez jang qilishim kerak. Ko‘p vazn tashlamayman, jiddiy jarohatlarim ham yo‘q. Ehtimol, burnimni yana bir marta tekshirtirib olishim kerakdir, biroq shuning o‘zi yetarli", — dedi Maxachev.

Shuningdek, Maxachev yarim o‘rta vazn toifasiga hali to‘liq moslashib ulgurmaganini va kelgusi janggacha jismonan kuchaymoqchi ekanini ta’kidladi: "Og‘ir janglar insonni toblaydi, men ham yanada kuchayganimni his qilyapman. Hali yana vazn yig‘ishim va kuchliroq bo‘lishim kerak, buning uchun esa menda vaqt bor. Ushbu jang shuni ko‘rsatdiki, to‘qnashuv qanchalik oson yoki qiyin bo‘lmasin, men uchun u birinchi soniyadan to oxirgisigacha haqiqiy urushdir".

Navbatdagi raqib kim bo‘lishi haqidagi savolga esa rossiyalik jangchi anchadan buyon titul jangiga loyiq bo‘lib kelayotgan Karlos Pratesni tanlagan bo‘lishini aytdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.