Iskander Buildings Mavrid qurilishini muddatidan 10 oy oldin yakunladi
Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan Mavrid loyihasi qurilishi Iskander Buildings tomonidan shartnomada belgilangan muddatdan 10 oy oldin yakunlandi. 18-sentabr kuni loyiha hududida mijozlar, hamkorlar hamda media vakillari ishtirokida ushbu natijaga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Iskander Buildings Mavrid qurilishini muddatidan 10 oy oldin yakunladi
Mavrid — Iskander Buildings’ning Toshkentdagi ilk loyihasi. Majmua 3 ta blok va 299 ta xonadondan tashkil topgan.
Shartnomaga muvofiq, Mavrid qurilishi 2027-yil iyun oyi oxirigacha tugallanishi kerak edi. Biroq amalda qurilish ishlari 2026-yil sentabrida, ya’ni belgilangan muddatdan 10 oy oldin yakunlandi.
Iskander Buildings bu natijani «+10 oy» g‘oyasi bilan ifodaladi. Kompaniya uchun bu raqam faqat qurilish jadvalidagi farq emas, balki mijoz uchun tejab qolingan vaqtni ham anglatadi.
Hozirda Mavrid majmuasida qurilish ishlari yakunlangan, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni boshlanmoqda. Ushbu jarayon tugagach, xonadonlarni belgilangan tartibda mijozlarga topshirish ishlari amalga oshiriladi.
Mavrid loyihasida xonadonlar bilan birga majmuaning umumiy yashash muhiti ham e’tiborga olingan. Hududda obodonlashtirilgan hovli, bolalar maydonchalari, sport va dam olish zonalari barpo etilgan.
Majmua hududida aholi foydalanishi uchun kitob javoni ham o‘rnatilgan. Bu Mavrid’ning umumiy hududlarida mutolaa uchun yaratilgan kichik tashabbuslardan biridir.
18-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda Mavrid mijozlari ham majmuaning yakuniy ko‘rinishi bilan yaqindan tanishdi.

