«Ishonchni himoya qilish» tamoyili va davlat bojini qaytarish: Tadbirkorlar va fuqarolar kafolati
Agar shaxs davlat organining hujjatiga ishonib, o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lsa, mazkur hujjat keyinchalik arzimagan

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yangi qonun sud-huquq islohotlari doirasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulkiy hamda huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim tamoyillarni joriy etmoqda.
Ushbu tamoyillardan ba'zilari quyidagilardan iborat:
Agar shaxs davlat organining hujjatiga ishonib, o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lsa (masalan, ajratilgan yer yoki binoda investitsiya majburiyatini bajargan bo‘lsa), ushbu hujjat keyinchalik arzimas sabablar bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas. Istisno tariqasida, hujjat faqat shaxs o‘z majburiyatini lozim darajada bajarmagan taqdirda yoki jamoat manfaatiga real tahdid mavjud bo‘lgandagina bekor qilinishi mumkin.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) ishi qo‘zg‘atilgani sababli kreditorning da’vosi ko‘rib chiqilmay qolsa, u oldindan to‘lagan davlat boji to‘liq qaytarib beriladi.
Endilikda halol investorlar va tadbirkorlar o‘z majburiyatlarini bajarganlaridan so‘ng arzimas kamchiliklar tufayli mol-mulki yoki yer maydonidan ayrilib qolish xavfidan himoyalanadi. Shuningdek, sudda ishi ko‘rib chiqilmagan tadbirkorlarning behuda pul yo‘qotishining oldi olinib, ularning moliyaviy resurslari himoya qilinadi.

