Mahalliy

Ishlayotgan onalarning oilaviy bog‘cha badali kelasi yildan budjetdan qoplanadi

Prezident kelasi yildan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlayotgan onalarning bog‘cha badali budjetdan qoplanishini

Ishlayotgan onalarning oilaviy bog‘cha badali kelasi yildan budjetdan qoplanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qituvchi hamda murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi

2026-yil 1-yanvardan boshlab 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlayotgan onalarning badal puli budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Prezidentning aytishicha, ayollarning mehnat qilishi oilaga qo‘shimcha daromad olib keladi va bolalar ta’limi uchun yanada kengroq imkoniyat yaratadi.

Bog‘cha tarbiyachilariga ishlagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati berilgan. Joriy yilda ularning 7 ming nafari oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan.

Ular haftasiga besh kun ishlaydi, bir kun esa ta’lim oladi. Kelasi o‘quv yilidan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar uchun o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga tushiriladi.

Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalana oladi. Prezident bog‘cha bolaning qobiliyati namoyon bo‘ladigan va tafakkuri rivojlanadigan maskan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Xitoy tajribasi asosida milliy qadriyatlarga mos dastur ishlab chiqildi. Hozir 180 ming tarbiyachi va pedagog yangi metodika bo‘yicha o‘qitilmoqda.

O‘yin orqali ta’lim berishga yo‘naltirilgan dastur hozir bog‘chalarning 30 foizida joriy etilgan. Yil oxirigacha uni 38 mingdan ortiq bog‘chaning barchasiga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Toshkentda YuNESKO shafeligida Bolalarni erta yoshdan ta’limga jalb qilish mintaqaviy markazi va Italiyaning Redjo-Emiliya markazi faoliyat boshlagan. Har yili 50 nafar ilg‘or tarbiyachini xorijga stajirovkaga yuborish, bog‘chalar uchun 100 ta videokontent tayyorlash hamda uch yillik dastur asosida davlat bog‘chalarini elektron doskalar, kompyuter va rangli printerlar bilan jihozlash belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.