Mahalliy

Ish joyidagi tazyiq va zoʻravonlikka qarshi yangi dastur qabul qilindi

Oʻzbekistonda korxona va tashkilotlarda xavfsiz hamda hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2026-yil 1-dekabrgacha ish joyidagi tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha onlayn murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus portal ishga tushiriladi.

Ish joyidagi tazyiq va zoʻravonlikka qarshi yangi dastur tasdiqlandi

Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi «Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–345-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi kamida 50 foiz boʻlgan yuridik shaxslar hamda ularning ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarda xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Mazkur dastur mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa korxona, tashkilot va muassasalarni ham qamrab oladi.

2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining axborot tizimlarida davlat organlari va tashkilotlari uchun «Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti» axborot portali ishga tushiriladi.

Portal orqali axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ish joyidagi tazyiq va zoʻravonlik holatlari yuzasidan onlayn murojaat yuborish mumkin boʻladi.

Agar tazyiq yoki zoʻravonlik portal uchun masʼul xodim, uning bevosita rahbari yoxud tashkilotning boshqa mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, murojaat avtomatik tarzda yuqori turuvchi idoraga yoʻnaltiriladi.

Tazyiq va zoʻravonlikka oid murojaatlarni tekshirish, dalillarni toʻplash, xulosa tayyorlash, axborot almashish va muloqot jarayonlari ham portal orqali amalga oshiriladi.

Oʻtkazilgan tekshiruvlar, ularning natijalari, koʻrilgan choralar hamda ushbu qarorlarning oʻzgartirilishiga oid maʼlumotlar portalda saqlanadi. Ularni yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Murojaatda maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari aniqlansa, u «112» yagona dispetcherlik xizmati orqali qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organga yuboriladi.

Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat organlari va tashkilotlarida dastur talablarining aniq va bir xil bajarilishini portal orqali monitoring qilish vakolati berildi.

Agentlik monitoring jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish huquqiga ega boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.