Iqtisodiyot

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Berlin Economics O‘zbekiston sanoatining raqobatbardoshligini baholashning yangi yondashuvlarini muhokama qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida (Markaz) Germaniyaning Berlin Economics tadqiqot markazi vakillari ishtirokida sanoat siyosati, tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar seminari bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Berlin Economics O‘zbekiston sanoatining raqobatbardoshligini baholashga doir yangi yondashuvlarni muhokama qildi.

Seminar davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga oid tadqiqot natijalari va ekspert xulosalari yuzasidan fikr almashildi. Markaz mutaxassislari mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini taqdim etdi.

O‘z navbatida, germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi.

) doirasida tayyorlangan «Sanoat siyosati: nazariy yondashuvlar va empirik ma’lumotlardan O‘zbekiston uchun saboqlar» nomli tadqiqot natijalari ham taqdim etildi.

Taqdim etilgan tahlilga ko‘ra, 2017 yildan keyin O‘zbekistonda sanoatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash vositalari tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Tarif choralarining ulushi 10 foiz bandga qisqargan, subsidiyalardan foydalanish esa sezilarli darajada kengaygan.

Tadqiqot natijalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari asosan iqtisodiyotning raqobatbardosh tarmoqlariga, jumladan, metallurgiya, tog‘-kon va kimyo sanoatiga yo‘naltirilganini ham ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, germaniyalik ekspertlar O‘zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligi tarkibidagi o‘zgarishlar, avvalo, 2017 yildan buyon amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, jumladan, tashqi savdoni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini rivojlantirish natijalarini aks ettirishini ta’kidladi.

Muhokamalar chog‘ida korxonalar unumdorligini oshirish, sanoat siyosati samaradorligini kuchaytirish va O‘zbekistonning eksport salohiyatini kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Tomonlar iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, sanoatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba hamda milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini belgilovchi omillar bo‘yicha ekspert baholari bilan o‘rtoqlashdi.

Berlin Economics bilan iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganish va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha tadqiqot yondashuvlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tahliliy hamkorlik rivojlantirib kelinmoqda.

Tomonlar ekspertlar muloqotini davom ettirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston va Germaniya tadqiqot markazlari o‘rtasidagi ilmiy-tahliliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.