Iqtisodchi Otabek Bakirov Prezident huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi boʻldi
Taniqli iqtisodchi, jamoatchilik faoli Otabek Bakirov Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibidan joy oldi. Laziz Hamidov, Dinara Islomova va Lola Mirzayeva kabi tadbirkorlar ham kengashning yangi aʼzolari qatoridan joy oldi. Zafar Hoshimov, Farhod Mamajonov, Jahongir Ortiqxoʻjayev, Murod Nazarov kabi yirik tadbirkorlar kengashdagi ishtirokini davom ettiradi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov Prezident huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibiga kirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining tarkibi qayta shakllantirildi.
Davlat rahbari tomonidan 27-avgust kuni imzolangan farmonga asosan, kengashning 40 nafar aʼzodan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi.

