Mahalliy

Ipoteka bank OTP Group Mustaqillikning 35 yilligini bayramona sayt dizayni bilan qarshilamoqda

Ipoteka bank OTP Group sayti O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayramona ko‘rinishga ega bo‘ldi. Sayt bosh sahifasidagi yangi vizual elementlar bank mahsulotlari bilan uyg‘unlashtirildi.

Ipoteka bank OTP Group O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligini nishonlash arafasida o‘z veb-saytini bayramona uslubda yangiladi.

Saytning yangi ko‘rinishi Mustaqillik bayramining o‘ziga xos ruhini aks ettirib, uning dizaynini yanada jozibador qilgan. Shu bilan birga, foydalanuvchilar bankning mahsulotlari haqida ma’lumot olish va raqamli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ipoteka bank OTP Group veb-sayti 2026-yil aprel oyida to‘liq yangilangan edi. O‘shandan buyon bank saytni doimiy ravishda takomillashtirib kelmoqda – undan foydalanish jarayonlarini soddalashtirib, mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni kengaytirish orqali mobil ilova, internet-banking va Ipoteka Business xizmatlariga o‘tish yo‘lini qisqartirmoqda.

Ipoteka bank OTP Group mijozlarga kerakli ma’lumotlarni tez topish va bank xizmatlaridan onlayn foydalanishni yanada qulaylashtirish maqsadida sayt va raqamli xizmatlarini rivojlantirishda davom etadi. Bankning asosiy maqsadi – mijozlarga tez, tushunarli va ortiqcha harakatlarsiz xizmat ko‘rsatishdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.