Ipak Yuli Bank’dan Visa Kids - farzandingizning birinchi bank kartasi
Ipak Yuli Bank 7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun Visa Kids kartalarini chiqarishni boshladi. Endi bola oʻz kartasi orqali xaridlarni mustaqil ravishda toʻlashi, ota-onalar esa uning xarajatlarini nazorat qilishi va cheklovlar oʻrnatishi mumkin.

Ipak Yuli Bank’dan Visa Kids — farzandingiz uchun ilk bank kartasi
Visa Kids — hammasini oʻzi qilishni xohlaydigan bolalar uchun
Bolalar ulgʻaygani sayin, ular ko‘proq narsani mustaqil bajarishni va o‘z mablag‘larini boshqarishni istay boshlaydi. Masalan, tushlik va yo‘l haqini to‘lash, maktab uchun kerakli buyumlarni xarid qilish yoki yoqtirgan narsasi uchun pul yig‘ishni boshlashadi. Visa Kids yordamida bolalar xaridlarni o‘zlari amalga oshiradi va asta-sekin pulni boshqarishni o‘rganadi.
Ota-onalar esa ilovada har bir operatsiya bo‘yicha bildirishnomalarni ko‘rib, farzandlarining xarajatlarini nazorat qilib borishlari mumkin. Shuningdek, ular farzandi bir kunda yoki bir oyda qancha mablag‘ sarflashi mumkinligini oldindan belgilab qo‘yishlari mumkin.
Visa Kids bilan bolalar do‘konlarda va onlayn xaridlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi, shuningdek, belgilangan limit doirasida naqd pul yechib olishi mumkin.
Masalan, oylik limit 1 000 000 so‘m qilib belgilansa, farzand bir oyda ushbu summadan ortiq mablag‘ sarflay olmaydi. Bu limit faqat Visa Kids kartasiga tegishli bo‘lib, bola o‘z kartasidan qancha pul sarflashi mumkinligini belgilaydi.
Limitni kartani bank filialida ochish vaqtida belgilash, keyin esa Ipak Yuli Mobile ilovasida o‘zgartirish mumkin.
Limitlardan tashqari, ota-ona karta bo‘yicha boshqa sozlamalarni ham o‘rnatishi mumkin: agar hozircha kerak bo‘lmasa, onlayn xaridlarni o‘chirib qo‘yish yoki kartani vaqtincha bloklash mumkin. Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallanmagan toifadagi operatsiyalar esa avtomatik tarzda cheklanadi.
To‘lovlar savdo nuqtasining MCC-kodi asosida cheklanadi. Voyaga yetmaganlarga tovarlarni sotish qonunchilik bilan tartibga solinadi va sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Visa Kids kartasini qanday rasmiylashtirish mumkin?
Visa Kids ota-ona nomiga rasmiylashtiriladi va uning so‘mdagi Visa kartasiga ulanadi. Kartaning o‘zida esa bolaning ismi ko‘rsatiladi.
Visa Kids kartasini rasmiylashtirish uchun ota-onada Ipak Yuli Bank’ning quyidagi Visa kartalaridan biri bo‘lishi kerak:

