Ipak Yuli Bank Apple Pay xizmatini işga tuşirdi
Apple Pay - mobil tölovlarni yanada qulay, tezkor va xavfsiz qiluvçi zamonaviy tölov usuli bölib, iPhone yoki Apple Watch orqali oson va kontaktsiz xaridlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

Ipak Yuli Bank Apple Pay xizmatini ishga tushirdi
Mijozlar kontaktsiz to‘lovni amalga oshirish uchun iPhone yoki Apple Watch’ni to‘lov terminaliga yaqinlashtirishlari kifoya. Apple Pay orqali amalga oshiriladigan har bir xarid Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli yordamida tasdiqlanadi. Bundan tashqari, har bir to‘lov uchun noyob, bir martalik dinamik xavfsizlik kodi yaratiladi. Apple Pay’dan oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, taksilar, restoranlar, qahvaxonalar, chakana savdo do‘konlari va boshqa ko‘plab joylarda foydalanish mumkin.
Mijozlar Apple Pay’dan iPhone, iPad va Mac qurilmalarida ilovalar yoki Safari brauzeri orqali internetdagi xaridlar uchun ham foydalanish imkoniyatiga ega. Bunda alohida akkaunt yaratish yoki yetkazib berish va to‘lov ma’lumotlarini har safar qayta kiritish talab etilmaydi. Apple Pay orqali oziq-ovqat va mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlari, onlayn xaridlar, transport, avtoturargoh va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish yanada qulaylashadi. Shuningdek, Apple Watch’dagi ilovalarda ham Apple Pay orqali to‘lov qilish mumkin.
Xavfsizlik va maxfiylik - Apple Pay’ning asosiy tamoyillari
Mijoz Apple Pay orqali kredit yoki debet kartasidan foydalanganda kartaning haqiqiy raqami qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi. Uning o‘rniga qurilmaga Device Account Number - noyob qurilma hisobraqami biriktiriladi. U shifrlanadi va to‘lov ma’lumotlarini xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan, xalqaro standartlarga javob beruvchi maxsus Secure Element chipida himoyalangan holda saqlanadi.
Apple Pay’ni ulash juda oson: iPhone’da Wallet ilovasini oching, “+” tugmasini bosing va Ipak Yuli Bank’ning kredit yoki debet kartasini qo‘shish bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qiling. Karta iPhone, iPad yoki Mac qurilmasiga qo‘shilgach, mijoz darhol Apple Pay’dan foydalanishni boshlashi mumkin. Shu bilan birga, Ipak Yuli Bank kartalari orqali taqdim etiladigan barcha bonuslar va boshqa imtiyozlar saqlanib qoladi.
1990-yilda mustaqil O‘zbekistonning birinchi xususiy banki sifatida asos solingan Ipak Yuli Bank bugungi kunda 4,5 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Bank chakana, korporativ va investitsion mahsulotlarning keng doirasini taklif etadi, 6 milliondan ziyod kartalarni muomalaga chiqargan hamda 900 dan ortiq bankomat va 20 000 POS-terminaldan iborat tarmoqqa ega.

