Interpol qidiruvida bo‘lgan erkak Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

Interpol qidiruvida bo‘lgan erkak Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Yirik miqdorda firibgarlik sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deya xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (Juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Ikki mamlakat Interpol byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida qidiruvdagi shaxs Gruziya vakolatli organlari tomonidan ushlangan.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining so‘rovi qanoatlantirilib, tegishli protseduralar yakunlangach, uni O‘zbekiston tomoniga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va Toshkentga olib kelingan.

