Boshqa

Internetda hayot uchun xavfli haqiqiy inson mumiyalari sotila boshladi

Internetda inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan haqiqiy mumiyalar savdosi boshlandi. Bu haqda Naked Science xabar berdi. Internet do‘konlarida sotilayotgan inson mumiyalari oddiy pochta orqali jo‘natilmoqda, bu esa biologik xavf tug‘dirishi mumkin.

Buyuk Britaniya, Litva, Italiya va Avstraliya universitetlarining sog‘liqni saqlash, biologiya, anatomiya va kimyo sohasidagi mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlar, internet do‘konlari va auksion saytlaridagi e’lonlarni o‘rganib chiqishdi. Ular 2015-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrga oid inson qoldiqlari aks etgan 122 ta va hayvon qoldiqlari aks etgan 6 ta nashrni tahlil qildilar.

Ba’zi materiallar 2014-yildan beri inson qoldiqlari savdosini kuzatib kelayotgan tadqiqotchilardan birining arxividan olindi. E’lonlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, sotuvga qo‘yilgan ayrim mumiyalarda zamburug‘li infeksiya belgilari mavjud bo‘lgan. Sotuvchilar esa xaridorlarni ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida ogohlantirmagan.

Moʻmiyolashga xos bo‘lgan quruqlik biologik jarayonlarning to‘liq to‘xtashiga kafolat bermaydi. Saqlanib qolgan mikroorganizmlar noto‘g‘ri muhitda tashilganda va saqlanganda qayta faollashishi mumkin. Zamburug‘ sporalari havoga tarqalib, mumiya bilan ishlayotgan yoki uni tashiyotgan odamlar uchun xavf tug‘diradi.

Tadqiqotchilar xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagan boshqa holatni ham aniqladilar. 22 ta holatda odamlar mumiya qoldiqlariga qo‘lqopsiz va niqobsiz tegingan. Bunday himoya vositalari nafaqat mikroorganizmlardan saqlanish, balki balzamlashda ishlatilgan moddalar sababli ham zarurdir.

Xavf shundaki, tarixning turli davrlarida jasadlarni saqlash uchun mishyak (margimush), simob va qo‘rg‘oshin kabi zaharli moddalar ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi holatlarda bitum, kedr moyi, natron, o‘simlik smolalari va boshqa moddalardan foydalanilgan. Ularning xususiyatlari turlicha bo‘lib, ayrim birikmalar terini va nafas yo‘llarini ta’sirlantirishi yoki katta miqdorda bo‘lganida jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi tadqiqot natijalarini mumiya qoldiqlarining butun jahon bo‘yicha global bozoriga tatbiq etib bo‘lmaydi. Ammo bu izlanishlar ularning internetdagi savdosi va harakati xatarlar keltirib chiqarishini ko‘rsatmoqda. Avvalroq 1991-yilda O‘tztal Alp tog‘larida aniqlangan 5300 yillik mumiyada zamonaviy va qadimiy bakteriyalar aniqlangani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.