Internet nashrlari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi
13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti tashabbusi bilan internet nashrlari rahbarlari va xodimlari, media sohasi mutaxassislari hamda hududiy internet OAV vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya aloqa tizimi orqali gibrid formatda tashkil etilgan tadbirda respublikaning barcha hududlaridan internet nashrlari vakillari onlayn tarzda qatnashdi....

Internet nashrlari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi
2023-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti tashabbusi bilan internet nashrlari rahbarlari, xodimlari, media sohasi mutaxassislari va hududiy internet OAV vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Videokonferensiya aloqa tizimi orqali gibrid formatda tashkil etilgan tadbirda respublikaning barcha hududlaridan internet nashrlari vakillari onlayn ravishda qatnashdi.
Uchrashuv internet nashrlari faoliyatini rivojlantirish, sohadagi muammolarni aniqlash, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va media makonini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida Prezidentning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Jumladan, ommaviy axborot vositalari xodimlarining huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mehnatini munosib rag‘batlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalarda jurnalistlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlashning zamonaviy mexanizmlarini yaratish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, uzluksiz malaka oshirishni rivojlantirish, yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash va ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, uning jurnalistlar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rnini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida internet OAV auditoriyasini kengaytirish, kontent sifati va raqobatbardoshligini oshirish, tahririyatlardagi tashkiliy va iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.
Shavkat Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlariga tabrik yo‘lladi
"Bayramingiz bilan, yuragi chandiqlarga to‘la hamkasbim!"
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh OAV xodimlarini mukofotladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok etishi mumkin.
Ikki kichik sayyora – asteroidlarga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi.
«Boyo‘g‘li»lar chindan ham xavf ostidami?
Fransiyada ko‘pchilik qo‘rqqan hodisa ro‘y berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba.
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.
Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi.
Baxtiyor Sheraliyev biologist-ixtiolog / genetik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «

