Mahalliy

International Expo Group kuzgi xalqaro ko‘rgazmalar turkumiga taklif etadi

'O‘zekspomarkaz'da International Expo Group xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarining kuzgi seriyasi bo‘lib o‘tadi. Ular tibbiyot, energetika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va qadoqlash texnologiyalarini qamrab oladi.

International Expo Group kuzgi xalqaro ko‘rgazmalar turkumiga taklif etadi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida International Expo Group jamoasi mamlakatning barcha aholisini ushbu ulug‘ va qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Kompaniya jamoasi yangi taraqqiyot va yuksalishlar sari odimlayotgan O‘zbekistonga tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanish, barcha yurtdoshlarga esa mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va yangi zafarlar tilaydi.

2026-yil kuzida International Expo Group MCHJ “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida tibbiyot, energetika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda qadoqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan qator xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarni tashkil etadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlarni amalga oshirmoqda. Xalqaro ko‘rgazmalar ushbu maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy texnologiyalar transferi, investitsiyalarni jalb etish va yangi biznes hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish uchun samarali maydon vazifasini o‘taydi.

Har yili International Expo Group tomonidan tashkil etiladigan ko‘rgazmalar dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan ishlab chiqaruvchilar, uskunalar yetkazib beruvchilar, investorlar, davlat organlari, tarmoq uyushmalari hamda biznes vakillarini yagona maydonda birlashtiradi. Ishtirokchilar o‘z mahsulot va ishlanmalarini namoyish etish, tajriba almashish hamda yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

15−17-sentabr kunlari 18-xalqaro UzMedExpo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish, sohani raqamlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tadbirlarga bo‘lgan qiziqishni tobora oshirmoqda.

Ko‘rgazmada tibbiy uskunalar, farmatsevtika mahsulotlari, stomatologiya, laboratoriya texnologiyalari va tibbiy xizmatlar namoyish etiladi. Shuningdek, “Go‘zallik va salomatlik” maxsus bo‘limida estetik tibbiyot, kosmetologiya, dermatologiya, wellness-industriyasi, professional kosmetika hamda go‘zallik salonlari va SPA-markazlari uchun uskunalar taqdim etiladi.

20−22-oktabr kunlari 20-xalqaro UzEnergyExpo hamda 15-xalqaro UzStroyExpo ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

Energetika tarmog‘i energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturlari hisobiga jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.

UzEnergyExpo — 2026 ko‘rgazmasida energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektrotexnika, yoritish texnologiyalari va kabel mahsulotlari sohasidagi zamonaviy yechimlar namoyish etiladi. Shuningdek, innovatsion ishlanmalar taqdimotlari hamda sohaning istiqbollariga bag‘ishlangan muhokamalar o‘tkaziladi.

Qurilish sohasi ham mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim drayverlaridan biri hisoblanadi. Shahar infratuzilmasini rivojlantirish, uy-joy qurilishi va zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etishga qaratilgan davlat dasturlari yangi qurilish materiallari, texnika va texnologiyalarga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

UzStroyExpo — 2026 ko‘rgazmasida qurilish va pardozlash materiallari, qurilish texnikasi, uskunalar, shuningdek, isitish, shamollatish, suvni tozalash va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or yechimlar taqdim etiladi.

17−19-noyabr kunlari 21-xalqaro UzAgroExpo, 21-xalqaro UzProdExpo hamda 9-xalqaro InterPackExpo ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Agrosanoat majmuasi O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sanaladi. Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, mahsulotlarni qayta ishlashni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish UzAgroExpo — 2026 ko‘rgazmasining dolzarbligini belgilaydi. Ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligi texnikalari, uskunalar va agrar soha uchun innovatsion yechimlar namoyish etiladi.

Oziq-ovqat sanoatida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, mahsulot sifatini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. UzProdExpo — 2026 ko‘rgazmasida oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar, uskunalar hamda oziq-ovqat sanoati uchun ilg‘or texnologiyalar taqdim etiladi.

InterPackExpo — 2026 ko‘rgazmasida esa tara va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish, ombor va logistika tizimlari, markalash hamda yorliqlash bo‘yicha zamonaviy yechimlar namoyish etiladi. Mazkur yo‘nalishlar ishlab chiqarish va eksport zanjirlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Ko‘rgazmalar O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq assotsiatsiyalari hamda tashkilotlarining rasmiy ko‘magida o‘tkaziladi, bu esa ko‘rgazmalarning yuqori maqomi va mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tashkilotchilar mahalliy va xorijiy kompaniyalar, mutaxassislar hamda tarmoq vakillarini mazkur ko‘rgazmalarda ishtirok etishga, o‘z innovatsion mahsulot va yechimlarini namoyish etishga, yangi hamkorlar topishga hamda zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlar bilan yaqindan tanishishga taklif etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.