Layfstayl

Instagram: Veysel Dulger va Shahlo Salayevani to‘yga chaqirish qancha? Kamila Lolo ona bo‘ladi, “Peshta” nima degani?

Instagram: Veysel Dulger va Shahlo Salayevani to‘yga chaqirish qancha? Kamila Lolo ona bo‘ladi, “Peshta” nima degani?

Aktrisa Sitora Alimjonova o‘g‘li Muhammadamin bilan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona shahriga yo‘l oldi.

Taniqli aktrisa Durdona Qurbonova Yevropaga qilgan safarlaridan olingan suratlarini muxlislari bilan ulashdi.

Vayner Bobur Mansurov Komila Lolo nega vaynlarda ko‘rinmay qolganiga izoh berdi. Uning aytishicha, aktrisa farzand kutayotgani sabab ijodda kamroq ko‘rinmoqda.

Teleboshlovchi va aktrisa Parizoda Boʻrixoʻjayeva otasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi: “Menga hayot berganingiz, mehringiz va oʻzingizdagi eng yaxshi fazilatlarni menga meros qoldirganingiz uchun sizdan minnatdorman”, deydi u.

Xonanda Hamdam Sobirov shu kunlarda xitga aylangan “Peshta” qo‘shig‘idagi shu so‘zning ma’nosini tushuntirdi. Xonandaning ta’kidlashicha, bu so‘z trenddagi, zamonaviy qiz degan ma’noni anglatadi.

Bollivud yulduzi Karina Kapur 21-sentyabr kuni 46 yoshga to‘ldi. Aktrisa sahifasiga joylagan storisida unga tabrik yo‘llagan barcha muxlislariga minnatdor ekanini aytdi.

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov Farg‘onaga safari chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan onaxon bilan uchrashdi. Xonanda storisida bu uchrashuv haqida to‘xtalib, samimiy va chin dildan kechgan suhbatdan mamnun bo‘lganini ta’kidladi.

Xonanda Shirin Zoitova kuz faslini yaxshi ko‘rishini aytmoqda.

“Setora” guruhi xonandasi Komila Xodjayeva sahifasida shaxsiy hayoti va oilaviy munosabatlari haqida juda kam ma’lumot beradi. Shunga qaramay, u oilaviy arxiv suratlariga qaraganda ajib iliqlikni his qilishini aytgan.

U sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kechgan qisqa oilaviy davrni hamda ajrashgandan keyingi ota-onalik munosabatlarini esga oldi. Komila o‘g‘lini sobiq turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlayotganliklarini va bunda o‘zaro hurmatni saqlab qolishganini ta’kidlagan. Shuningdek, u o‘z onasi va sobiq qaynonasiga minnatdorlik bildirib, buvilarning nevarasini bag‘riga bosib, unga g‘amxo‘rlik qilayotgani chinakam baxt ekanini qo‘shimcha qilgan.

Xonanda Shahlo Salayeva turmush o‘rtog‘i Veysel Dulger bilan birga to‘y xizmatiga borish narxini ma’lum qildi. Juftlikning aytishicha, ular Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi to‘ylarni to‘liq olib borish uchun 2500 dollar haq olishadi. Shuningdek, xonanda bu narx to‘y o‘tkaziladigan hududga qarab o‘zgarishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.

Aktrisa Sitora Farmonova sahifasiga qayni opasining o‘g‘lining to‘yida tushgan suratini joylab, fayzli oilaga kelin bo‘lganini aytib shukrona bildirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.