Layfstayl

Instagram: Taniqli aktrisa bilan quda bo‘lgan Rashid Xoliqov, 200 kilolik tort tarqatgan Feruza Normatova, uchinchi marta ota bo‘lgan Jasur Umirov

Instagram: Rashid Xoliqov taniqli aktrisa bilan quda bo‘ldi, Feruza Normatova 200 kilolik tort ulashdi, Jasur Umirov uchinchi marta ota bo‘ldi.

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonandalar Jasmin va G‘aybulla Tursunov Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirda katta hayajon bilan sahnaga chiqqanliklarini yozmoqdalar.

Foto: Instagram Xonanda Jasur Umirov yana bir bor otalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Uning rafiqasi uchinchi farzand — jajji qizaloqni dunyoga keltirdi.

Instabloger, boshlovchi Husnora Shodiyeva O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchani tabriklab, faxr tuyg‘usi bilan post joyladi.

“2-sentyabr kunini kechagidek eslayman. Imom duo o‘qiganini, atrofdagi sukunatni, yoningizda buvim va eng yaqin insonlaringiz turganini eslayman. O‘sha paytda men hali juda yosh edim va nima bo‘layotganini oxirigacha anglab yetmaganman. Oradan o‘n yil o‘tdi va men ulg‘aydim. Yoshim katta bo‘lgan sari xayolimda sizga tez-tez qaytaman”. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam bobosining vafot etganiga 10 yil to‘lgani munosabati bilan uni xotirladi.

Foto: Instagram Aktrisa Feruza Normatova O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlangan 200 kilogrammlik tort tayyorlatib, uni fidokorona mehnat qilib kelayotgan odamlarga tarqatdi.

Mitti.me jamoasi tez kunlarda marhum do‘sti Farhodning Instagram sahifasida yana bir yangilikni e’lon qilish arafasida.

Yoshlarning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.