Instagram: Shohrux Xon O‘zbekistonga keladimi? Ulug‘bek Qodirov — “Eng yaxshi aktyor”, Munisa Rizayeva o‘g‘lini san’atkor qiladimi?

Instagram: Shohrux Xon O‘zbekistonga keladimi? Ulug‘bek Qodirov — “Eng yaxshi aktyor”, Munisa Rizayeva o‘g‘lini san’atkor qiladimi?
Mitti.me jamoasi sardori Ulug‘bek marhum do‘sti Farhod Mannopov bilan o‘tgan kunlarini eslab, surat joyladi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bu mavzu bo‘yicha fikr bildirdi. “Bollivud yulduzi Shohrux Xon va taniqli kinorejissyor Karan Joharni Oʻzbekistonga olib kelish uchun muzokaralar olib borilmoqda”, dedi u.
Aktrisa Sitora Farmonova inson o‘ziga ishongan va xotirjam bo‘lsa, o‘zini boshqalarga isbotlashga ehtiyoj sezmasligi haqida yozdi.
Foto: Instagram Aktyor Ulug‘bek Qodirov “Eng yaxshi erkak aktyor” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. U “O‘zbek arsloni” filmidagi roli uchun Sankt Peterburg shahrida o‘tkazilgan Rossiya va yaqin xorij davlatlari VII Xalqaro Lendok kinofestivalida taqdirlandi.
Foto: Instagram Xonanda Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleksning san’at sohasini tanlashiga munosabatini aytdi. “O‘g‘lim san’atkor bo‘lishiga qarshiman. Lekin Alloh taqdiriga shuni yozgan bo‘lsa, men hech narsa qilolmayman, faqat ona sifatida qo‘llab-quvvatlashim mumkin”, deydi u.

