Layfstayl

Instagram: Qudasidan brilliant uzuk olgan Rayhon Ulasenova, vaynerlarga dakki bergan Anvar Sobirov, maxsus iPhone buyurtma qilgan Durdona Qurbonova

Instagram: Rayhon Ulasenovaga qudasidan brilliant uzuk, Anvar Sobirovdan vaynerlarga tanbeh, Durdona Qurbonovadan maxsus iPhone buyurtmasi

Jahon va O‘zbekiston shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida e’lon qilingan eng qiziqarli surat va videolar to‘plamini taqdim etamiz.

Xonanda Rayhon dugonasi Sogdiana bilan 26 yillik do‘stligini nishonlab, ular orasidagi masofa (Moskva va Toshkent) chinakam do‘stlikka to‘siq bo‘la olmasligini ta’kidladi. U shunday yozadi: “26 yillik do‘stligimiz muborak! Sen Moskvada, men Toshkentda, har birimizning o‘z hayotimiz, o‘z sahnamiz, o‘z qo‘shiqlarimiz bor. Men seni juda qadrlayman”.

Turk aktrisasi Hande Erchel yangi fotosessiyasidan olingan suratlarni obunachilari bilan bo‘lishdi.

Ra’no Shodiyeva oilasida quvonchli voqea: aktrisaning kenja o‘g‘li Amirxon buyuk alloma Abu Ali ibn Sino haqidagi tarixiy filmning bosh rolini ijro etish uchun tasdiqlandi.

Aktrisa Durdona Qurbonova o‘zi uchun iPhone 17 Pro Max’ning noodatiy rangidan buyurtma berdi.

Xonanda Shahlo Ahmedova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

“Setora” guruhi a’zosi Komila Xo‘jayeva yangi qo‘shiq ustida ishlamoqda va unga klip suratga olish jarayonida.

“Ummon” guruhi a’zosi Zohid Risqiyev rafiqasi Kamola Ortiqova bilan Phuket orollarida dam olmoqda.

Xonanda Anvar Sobirov ba’zi vaynerlar va xonandalarning saviyasiz video va qo‘shiqlaridan noroziligini bildirdi. U shunday dedi: “Prezidentimiz hozirgi sharoitlarni masxarabozlik qilish uchun yaratib berayotgani yo‘q”.

Aktrisa Sitora Alimjonova Umra safaridan olingan suratlari bilan bo‘lishmoqda.

Instabloger va vayner Mo‘min Ibrohimov yaqin kunlarda yana AQSHga sayohat qilishini ma’lum qildi.

Kichik instabloger Yasmin malikalar libosida suratga tushdi.

Rayhon Ulasenovaning kelini Azizaxonning challari marosimi ota uyida bo‘lib o‘tdi. Aktrisaga qudasi brilliant uzuk sovg‘a qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.