Layfstayl

Instagram: Poyezdda konsert bergan Munisa Rizayeva, to‘yga chiqayotgan Maryam Tillayeva, Shahlo Salayevaning turmush o‘rtog‘iga syurprizi

Instagram: Munisa Rizayevaning poyezddagi konserti, Maryam Tillayevaning to‘ydagi chiqishi, Shahlo Salayevaning turmush o‘rtog‘iga kutilmagan sovg‘asi

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida joylashtirilgan eng qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Kino va teatr aktyori Muhammadiso Abdulhairov 16-avgust kuni 56 yoshga to‘ldi.

Dizayner va bir nechta bizneslar egasi Diyora Usmonova o‘zining yangi "Saadi" nomli atirini taqdim etdi.

Aktrisa Feruza Yusupova va uning turmush o‘rtog‘i, instabloger Abduvali Sahiyev qizlari bilan oilaviy vaqt o‘tkazmoqda.

Munisa Rizayeva poyezd yo‘lovchilari uchun jonli konsert berdi.

Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Madinaning oilasida quvonchli kunlar — uning o‘g‘li Miran 1 oylik bo‘ldi.

Instabloger Bobur Mansurovning rafiqasi Fariza oilaviy suratini obunachilari bilan bo‘lishdi.

Raqqosa Parizoda qizlari E’zoza va Sa’diyaning baxti u uchun hamma narsadan ustun ekanligini yozmoqda.

Xonanda Shahlo Salayeva turmush o‘rtog‘i Veysel Dulgerga noodatiy sovg‘a tayyorladi — u sun’iy intellekt yordamida o‘zlarining sevgi tarixini aks ettiruvchi video yaratdi.

Aktrisa Nigina Jabborova yangi fotosessiya o‘tkazdi va obunachilaridan ayollarning go‘zallik siri haqida fikrlarini so‘radi.

Aktrisa Shahlo Zoriova sun’iy intellekt orqali o‘zini o‘tgan asrda Rim ko‘chalarida tasvirladi.

O‘zbekistonning birinchi prezidentining nabirasi, instabloger Maryam Tillayeva to‘yda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan videoni ulashdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.