Layfstayl

Instagram: Asal oyiga uchib ketgan Feruza Normatova, heyterlarga murojaat yo‘llagan Tatyana Zayseva, mukammal bo‘lishdan charchagan Maryam Tillayeva

Instagram: Asal oyiga uchib ketgan Feruza Normatova, heyterlarga murojaat qilgan Tatyana Zayseva, mukammal bo‘lishdan charchagan Maryam Tillayeva

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Turk aktrisasi Hande Erchel nufuzli moda namoyishida qatnashib, yangi suratlarini post qildi.

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova shoir Abdulla Oripov qalamiga mansub, inson umriga qiyoslangan she’rni obunachilari bilan ulashdi.

Vayner, Mitti.me jamoasi sardori Ulug‘bek Shodibekov kuzatuvchilariga o‘smirlik davridagi suratlarini ko‘rsatdi.

Foto: Instagram “Sharq” guruhi xonandasi Tatyana Zayseva turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini bildirgach, shaxsiy hayotiga aralashayotgan heyterlarga murojaat qildi. Xonanda birovning hayotida ular bilmaydigan narsalar ko‘pligini va o‘z hayotlari bilan yashash ma’qulroq ekanini aytdi.

Xonanda Rayhon sun’iy intellekt yordamida Parijga sayohat qildi.

Foto: Instagram Aktrisa Feruza Normatova turmush o‘rtog‘i bilan asal oyiga uchib ketdi.

Instabloger, havaskor xonanda Yunetta Akopyan 24 yoshni qarshilab, bloger do‘stlaridan sovg‘alar oldi.

Foto: Instagram Instabloger Maryam Tillayeva ijtimoiy tarmoqlarda unga negativ izoh yozayotgan heyterlarga murojaat qildi. Shuningdek, u o‘zini oqlab yashashdan charchaganini ham aytdi.

“Men o‘z blogimda biroz ‘aqldan ozgan’ va amerikancha fikrlaydigan insonman. Lekin har kuni o‘zim haqimda shunchalik jirkanch gaplarni o‘qiganim sari biror kontent joylashtirishni ham xohlamay qoldim. Ammo kontent joylashdan to‘xtay olmayman ham, chunki men blogerman, bu mening nonim. Lekin mukammal bo‘lish jonimga tegdi.

Dadamdan boshqa qarindoshlarimdan men tuban inson ekanim haqida eshitaman. Ha, men zo‘r emasman, lekin o‘z yo‘limni o‘zim quryapman. To‘g‘ri, menga familiyam ham yordam berdi. Ammo doimiy trendda bo‘lib turish, mashhurlardan intervyular olish, millionlab ko‘riladigan kliplar suratga olish uchun mehnat ham qilyapman. Men o‘zimni oqlab yashashdan charchadim”, deydi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.