Instagram: 3 yoshli o‘zbek bolasining orzusini ushaltirgan Andrey Malaxov, turmush o‘rtog‘i bilan kelisha olmayotgan Munisa Rizayeva, “Aristokratlar” jamoasi a’zosi uylandi

Instagram: 3 yoshli o‘zbek bolasining orzusini ushaltirgan Andrey Malaxov, turmush o‘rtog‘i bilan kelisha olmayotgan Munisa Rizayeva, “Aristokratlar” jamoasi a’zosi uylandi
Ozoda Nursaidova Janubiy Koreyada o‘zbek vatandoshlar uchun tashkil etilgan konsertda Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova va yana bir guruh san’atkorlar bilan sahnaga chiqdi.
Turk aktrisasi Neslihan Atagulning o‘g‘li Aziz bolaligidan kitobga mehr qo‘yib ulg‘aymoqda.
Buxorolik uch yoshli Muhammadali sevimli qo‘shiqchisi Xchoning qo‘shig‘ini kuylagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Shundan keyin rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov uni o‘z ko‘rsatuviga taklif qilib, xonanda bilan birga kuylash imkonini berdi.
Xonanda Nigora to‘y suratlarini ulashib, muxlislarining savollariga javob berdi.
Aktyor va bloger Abduvali Sahiyev rafiqasi Feruza Yusupova hamda qizalog‘i bilan Maldiv orollarida dam olyapti.
Xonanda Jasmin yangi suratini obunachilari bilan bo‘lishdi.
“Aristokratlar” kulgi jamoasi a’zosi, bloger Rahimboy Ortiqov katta hayotga qadam qo‘ydi. Uning nikoh to‘yida jamoadoshlari va ko‘plab blogerlar birga bo‘ldi.
Xonanda Malika Egamberdiyeva oilasida judolik yuz berdi — uning ammasi vafot etdi. Qo‘shiqchi muxlislaridan uning haqqiga duo so‘ramoqda.
“Farzandim” filmi va reklama roliklari orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Kamronbek Saidmurodov kinodagi “otasi” Adiz Rajabov bilan uchrashgani haqida yozib qoldirdi.
Xonanda Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i unga o‘z yoniga, ya’ni boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni taklif qilayotganini aytdi. “To‘ydan oldin erimga Toshkentdan ketmayman, ijodimni davom ettiraman, deb shart qo‘ygandim. Endi esa o‘ylanib qoldim, bir tarafdan oilam va tinch hayotim bor, boshqa tomonda esa ijodim. Bu uch yillik muammo”, deydi u.

