Instagram: 13-marta ota bo‘lgan Valijon Shamshiyev, dugonasiga uy sovg‘a qilgan Maftuna Shokirova hamda sog‘lig‘i bilan sinalgan Feruza Normatova

Instagram: 13-marta ota bo‘lgan Valijon Shamshiyev, dugonasiga uy sovg‘a qilgan Maftuna Shokirova hamda sog‘lig‘i bilan sinalgan Feruza Normatova
Taniqli aktyor Adiz Rajabov uzoq yillardan keyin syomka jarayonlaridan birida “Farzandim” filmidagi o‘g‘li Kamronbek Saidmurodov bilan uchrashdi. Shuningdek, filmda ota-bola bo‘lgan ijodkorlar tez orada yana yangi loyihada birga rol o‘ynashi mumkinligini bildirishgan.
Odina To‘xtasinova obunachilariga vaqt insonni o‘zgartiradimi yoki uning aslida kimligini ko‘rsatib beradimi, degan savol bilan murojaat qildi.
Aktrisa va bloger Maftuna Shokirova hamkasbi va dugonasi Iymona Ahmedovaga shinam xonadon sovg‘a qildi. Qalin dugonalar bu quvonchli lahzalarni muxlislari bilan ham bo‘lishdi.
Xonanda Shirin Zoitovaning kichik qizalog‘i Aylin uch oylik bo‘ldi.
Vayner Bobur Mansurov jamoasi Janubiy Koreyadan ko‘rinish berdi.
Aktrisa va bloger Feruza Normatova storisida sog‘lig‘i yomonlashganini ma’lum qildi. Salomatligi bilan bog‘liq sinovga duch kelganini yozgan aktrisa endi yanada kuchli bo‘lishi kerakligini aytib, muxlislaridan uni duo qilishlarini so‘ramoqda.
Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov jarima ballari tizimini bekor qilishni so‘rab, mutasaddilarga murojaat qildi. O‘z navbatida, barcha jarimalarni vaqtida to‘lab kelayotganini aytgan san’atkor ushbu tizim sabab ko‘plab haydovchilar guvohnomasidan ayrilib qolishidan xavotirda ekanini bildirdi.
Xonanda Bahrom Nazarov London safaridan olgan suratlarini muxlislari bilan ulashdi.
Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov Janubiy Koreyada mashhur BoyNextDoor guruhi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram Qiziqchi Valijon Shamshiyev xonadonida quvonchli kun: u 13-marta ota bo‘ldi.

